13:59 / 14.04.2023
290

Medvedevning Ukraina “yo‘q bo‘lib ketishi” haqidagi tviti Germaniya va Polshada bloklandi

Medvedevning Ukraina “yo‘q bo‘lib ketishi” haqidagi tviti Germaniya va Polshada bloklandi

Twitter ijtimoiy tarmog‘i Rossiya sobiq prezidenti, amaldagi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning Ukraina “yo‘q bo‘lib ketishi” haqida yozgan tvitini foydalanuvchilarga ko‘rsatishga cheklov qo‘ydi.

Germaniya va Polshada tvitni ko‘rsatish “mahalliy qonunchilikka ko‘ra” cheklangan. Bu mamlakatlarda tvitni ochishga urinish paytida shunday ogohlantirish ko‘rsatilmoqda.

Medvedevning yordamchisi Oleg Osipov “RIA Novosti” nashriga bergan intervyusida “bu javobsiz qolmasligini” aytdi.

8 aprel kuni Medvedevning Twitter'dagi inglizcha akkauntida Ukrainaning “yo‘q bo‘lib ketishi” haqida post qo‘yilgandi. Rus tilidagi shunday post sobiq prezidentning “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan. Unda Medvedev Ukraina “hech kimga kerak emas” shuning uchun u “yo‘q bo‘lib ketadi” deb yozgan. Uning fikricha, Yevropa, AQSH, Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyo, Rossiya va Ukraina fuqarolarining o‘ziga ham Ukrainaning keragi yo‘q.

Twitter egasi Ilon Mask Medvedevning ushbu postini ijtimoiy tarmoqdan o‘chirishdan bosh tortdi.

Mask Rossiya sobiq prezidentining postini “genotsidga chaqiriq” deb hisoblagan foydalanuvchilardan birining tvitiga shunday javob bergan. “Barcha yangiliklar u yoki bu darajada propoganda. Odamlarning o‘zi qaror qilsin”, — deydi u.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Medvedevning Ukraina “yo‘q bo‘lib ketishi” haqidagi tviti Germaniya va Polshada bloklandi