17:37 / 19.04.2023
370

Yuzda ajin paydo bo‘lishiga olib keladigan kundalik odatlar

Yuzda ajin paydo bo‘lishiga olib keladigan kundalik odatlar

Nima sababdan ba’zilarda birinchi ajinlar 25 yoshdayoq paydo bo‘ladi-yu, boshqalarning terisi esa 40 yoshdan keyin ham silliq? Bu nafaqat genetika va parvarish, balki kundalik odatlarga ham bog‘liq. Ajinlar imkon qadar kech paydo bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Mutaxassis tushuntiradi.

Tekshiruvlardan o‘tmaysiz

Keling, sog‘lig‘imizdan boshlaylik. Har qanday kremlarni ishlatmang, agar sizda yuqumli, surunkali kasalliklar va yallig‘lanish bo‘lsa yoki ularni yaqin orada boshdan kechirgan bo‘lsangiz, shuningdek, zararli odatlar — bularning barchasi teringizda aks etadi. Ajinlar avvalo, yuz, bo‘yin sohasi va qo‘lda namoyon bo‘ladi. Yosh o‘tishi bilan tabiiy ravishda hujayralarimizga ozuqa olib keladigan kapillyarlar ingichkalashishishi va halok bo‘lishi sodir bo‘ladi. Bu jarayonni yuqoridagilarning barchasi sekinlashtirishi yoki kuchaytirishi mumkin.

Keksayishga ta’sir ko‘rsatadigan jarayon gormonal tizim deyiladi. Yoshimiz qanchalik katta bo‘lsa, organizm kamroq estrogen ishlab chiqaradi. Bu gormon teri hujayralari uchun tabiiy qurilish materiali — kollagen ishlab chiqarish uchun javobgardir. Yuz va bo‘yin osilishni boshlaydi.

30-35 yoshda kutilmagan noxush hodisalardan qochish uchun har olti oyda bir endokrinolog tomonidan tekshirilishi, gormonlar uchun testlarni o‘tkazish va kerak bo‘lganda gormonlarni almashtirish terapiyasini qo‘llash kerak. Nima ichish mumkinligi yoki inyeksiya qilishni faqat shifokor hal qiladi. Bu holda, na Internet, na dugonalar yordam bera oladi.

Proteinni yetarli miqdorda iste’mol qilmaysiz

Foto: Noviy ochag

Ovqatlanish tartibini o‘zgartiramiz. Yoshimiz ulg‘aygan sari, organizmga ko‘proq protein va kamroq shakar kerak bo‘ladi. Vitaminlar, xususan, kollagen qabul qilamiz. Shuningdek, ovqatlanish tartibi bo‘yicha mutaxassis bilan maslahatlashish lozim bo‘ladi. Ayni paytda qaysi mahsulotlar siz uchun foydali va qaysi biri zararli ekanligini aniq bilmasligingiz ham mumkin.

Ko‘p harakat qilmaysiz

Barcha kasalliklar nervlardan va ...divandan. Ha, shunday. Biz kompyuter qarshisida o‘tiramiz, televizor ro‘parasida uxlaymiz, faqat ofisdan metroga yoki mashinadan kirish eshigigacha boramiz. 2023 yilda kimdir menga: “Fitnes uchun vaqtim yo‘q”, deb aytsa, men uchun bu odam o‘tmishda — taxminan 50 yil orqada qolganligini tushunaman. Agar kuniga kamida 40-50 daqiqa intensiv harakat qilmasangiz, tez orada quyidagilar bilan yuzlashasiz:

  • qon aylanishining buzilishi (sog‘lom turmush tarzi va fitnes ixlosmandlariga qaraganda 10-15 yil oldin);
  • umumiy tana holatining o‘zgarishi;
  • hujayralarning noto‘g‘ri oziqlanishi.

Natijada teri osilishi, burma va ajinlar hosil bo‘ladi. Yana qanday ham bo‘lsin?

Dastavval, o‘zingizni tanlang. Hayotda o‘zingizga vaqt ajrata olmasangiz, qachon yashaysiz? Ongni o‘zgartirish va kundalik tartibni, turmush tarzini qayta ko‘rib chiqishdan boshlang. Birdaniga emas, asta-sekin albatta. Yaxshi odatlarni qismlarga bo‘ling. Bir odat uchun boshda neyron aloqalarni shakllantirish uchun 21 kun kerak bo‘ladi.

Stressni minimallashtiring, tanangiz va ongingizga dam bering. Tasavvur qiling-a, juda stressli ishda ishlaysiz. O‘zingiz uchun qila oladigan minimal yordam, masalan, salsa (raqs turi) uchun haftada 3 marta kechqurun va dam olish kunlari ro‘yxatdan o‘tishdir. Eng maksimumi esa ish joyini o‘zgartirish. Tanangiz xuddi shaxsiyatingiz kabi, g‘amxo‘rlik va hurmatga loyiq ekanligini unutmang.

Foto: Noviy ochag

 

Massajga ishonmaysiz

Yuz va bo‘yin holati uchun zaruriy shart — bu massaj. Mushaklar kuchlanishi uchun gimnastika emas, balki ular bo‘shashishi uchun massaj kerak. Yoshlik dam olish va limfa drenaji orqali aniq saqlanib qolishi isbotlangan. Ikkinchisini tajribali kosmetolog dozalashi kerak, chunki teri osti yog‘ qatlami yosh o‘tishi bilan yupqalashib, hujayralarimizni oziqlantiradi. Yuz va bo‘yin sohasini massaj qilish mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi kerak, bu:

  • qon aylanishini faollashtiradi;
  • ozuqa moddalarini iste’mol qilishni oshiradi;
  • osteotsitlar ishlab chiqarishni kuchaytiradi;
  • suyak karkasi formasi o‘zgarishining oldini oladi va uzoq vaqt davomida yuz shaklini saqlaydi.

Tishlaringiz salomatligiga e‘tibor beryapsizmi?

Biz e’tibor bermaydigan bitta yashirin jarayon bor. Yosh o‘tishi bilan tishlar eskiradi va jag‘ zonasining nisbati va masofalari kamayadi. Natijada, konturlar o‘zgaradi, terining tarangligi bo‘shashadi, yuz mushaklarining ishi buziladi. Bizda ana shunday yoshga bog‘liq erta estetik muammolarga duch kelish xavfi bor. Tish doktori tomonidan muntazam tekshiruvlar o‘tkazish juda muhimdir. Tishlaringizni tuzating, parvarish qiling, tiklang va himoya qiling.

O‘zingizning holatingizga e’tibor bermaysiz

Yuzdagi ajinlar umumiy holatning buzilishi tufayli hosil bo‘ladi. Va yana mashq qilishga qaytamiz. Orqa miya hayotning har qanday bosqichida himoyalangan va u rivojlanishi kerak. 40 yoshdan keyin kuchli harakatchanlik talab etilmaydigan, ko‘p funksiyali mashg‘ulotlarni bajarish tavsiya etiladi. Ya’ni, odatiy quvvat, yuqori zichlikdagi yuklar endi bu yoshga mos kelmaydi. Vazifangiz mushak to‘qimalari va bo‘g‘imlarni saqlashdir. Cho‘zilish, oddiy raqs, yoga, pilates, umuman, kundalik jismoniy mashqlari katta yoshda tetiklikni saqlab qolish uchun imkoniyatdir. Bunga nisbatan yengil mashqlar limfalar ishini yaxshilaydi va qon aylanishini normallashtiradi, teri elastikligini, jismoniy va ruhiy salomatlikni saqlaydi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yuzda ajin paydo bo‘lishiga olib keladigan kundalik odatlar