06:39 / 22.04.2023
200

Shifokor qahvani sevuvchilar uchun yangi ogohlantirish e’lon qildi

Shifokor qahvani sevuvchilar uchun yangi ogohlantirish e’lon qildi
Rossiyalik diyetolog Anastasiya Yefimovaga ko‘ra, kishi shakar, qaymoq va sirop qo‘shilgan kofe ichsa, tezda semirib ketish xavfi tug‘iladi.
 
Uning ta’kidlashicha, agar qahvaga siroplar yoki yog‘li sut qo‘shilsa, ichimlik haqiqiy shirinlikka aylanadi.
 
Xususan, siropli latte taxminan 200 kaloriyani o‘z ichiga oladi.
 
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, kuniga ikki yoki uch chashka shunday qahva diyetaning kunlik kaloriya miqdorini sezilarli darajada oshirishib yuborishi mumkin.
 
Diyetolog shakarsiz yoki minimal miqdorda qahva ichishni tavsiya qildi.
 
«Bu vazn ortishiga olib keladigan o‘ziga xos mahsulot emas, balki zarur bo‘lgandan ko‘ra ko‘proq kaloriya iste’molidir», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokor qahvani sevuvchilar uchun yangi ogohlantirish e’lon qildi