Ko‘pchilik bolalikdan yoqtirmaydigan ammo organizmga foydali bo‘lgan 4 xil oziq-ovqat
Bolaligimizdan yoqtirmaydigan, hatto, tatib ham ko‘rmaydigan ba’zi oziq-ovqatlar juda foydali. Organizmni kerakli vitamin va minerallardan mahrum qilmaslik uchun unga bo‘lgan munosabatni, ehtimol, qayta ko‘rib chiqish zarurdir? Xo‘sh, ushbu ro‘yxatdagi oziq-ovqat turlari qaysilar?
Mog‘orli ko‘k pishloq
Penicillium turining moviy mog‘or turlaridan foydalangan holda maxsus texnologiya yordamida ishlab chiqariladi. Aniq o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan bu elita pishloq navlari yashil yoki ko‘k rang bilan ajralib turadi. Eng mashhur pishloqlar — Dor Blue, Gorgonzola va Roquefort xaridorgir hisoblanadi. Boshqa turlar ham ma’lum, ammo ular faqat haqiqiy gurmanlar tomonidan baholanishi mumkin bo‘lgan turli xil to‘qimalar, lazzatga va hidga egadir.
Biroq shuni hisobga olish kerakki, bu turdagi pishloqlar nafaqat nozik ta’mga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi, balki organizm uchun nihoyatda foydalidir. Ular yallig‘lanishga qarshi xususiyati, ovqat hazm qilishni yaxshilashi va organizmning gormonal darajasini tiklashi, qon aylanishini oshirishi va yurak ishiga samarali ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi.
Bu pishloq turi yoshartiruvchi xususiyatga ega degan qarashlar bor. Terapevtik ta’sirni ta’minlash uchun kuniga 50 grammdan ko‘p bo‘lmagan mahsulotni iste’mol qilish kifoya, ammo uni och qoringa tanovul qilish tavsiya etilmaydi.
Selderey
Bu mashhur o‘simlik turli taomlarni tayyorlashda va parhez uchun keng qo‘llaniladi. U nordon, achchiq-shirin ta’mga ega bo‘lganidan uni hamma ham yoqtirmaydi.
Selderey ko‘plab foydali xususiyatlarga ega. Bu ko‘kat yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi, xolesterin darajasini pasaytiradi, shish va peshob chiqarish bilan bog‘liq muammolarni hal qiladi. Unda ko‘p miqdorda B, A, C va E vitaminlari mavjud. Immunitetni faol ravishda yaxshilaydi, mushaklarni bo‘shashtiradi va asab tizimini tiklaydi.
Zaytun mevasi
Ko‘pchilikning zaytun mevasini yoqtirmasligi bevosita ularning bolaligiga bog‘liq. Ammo yosh o‘tishi bilan ba'zilar ushbu mahsulotga bo‘lgan fikrini qayta ko‘rib chiqadi. Darvoqe, zaytun mevami yoki sabzavotmi?
Zaytun va qora zaytun bitta — zaytun daraxtining mevasi. Faqat pishmagan zaytun mevalari yashil, pishgani esa qora rangda bo‘ladi. Va ular alohida toifaga — zaytun oilasiga ajratilgan.
Ikki rangdagi meva tarkibida ham yurak faoliyatini yaxshilaydigan, qon tomirlar va hujayra membranalarini mustahkamlovchi moddalar mavjud. Ular oshqozon va jigar uchun juda foydali, shuningdek, parhez davomida ozuqaviy zahiralarni to‘ldirishga imkon beruvchi mono to‘yinmagan yog‘li kislotalarni o‘z ichiga oladi. Zaytun moyining qarishga qarshi xususiyatlari uzoq vaqtdan beri kosmetologiyada qo‘llab kelinadi.
Ovsyanka
Ba’zilar yo bolalikdan bu mahsulotga ko‘nikib qoladi, yoki butun umr yomon ko‘radi. Garchi ovsyanka nihoyatda foydali mahsulot bo‘lsa-da. Ovsaynka oshqozon-ichak traktini o‘rab oladi va uning zararlanishini oldini oladi.
Bundan tashqari, bu mahsulot tarkibida erimaydigan klechatka mavjud bo‘lib, bu ichaklar harakatini yaxshilaydi, shuningdek, toksinlarni chiqazib yuboradi. Suli yormasi B vitaminlari, niatsin, mikroelementlarga (kobalt, fosfor, kremniy) boy oziq-ovqatdir.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring