16:00 / 01.05.2023
169

Eng yangi va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda asqatadigan 10 ta maslahat

Eng yangi va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda asqatadigan 10 ta maslahat

Hozirgi kunda har qadamda do‘konlarga duch kelasiz, mahsulotlarni tanlash imkoniyati ham juda katta, lekin baʼzida bu oson bo‘lmaydi: muddati o‘tgan, yaxshi pishmagan yoki bemaza meva va sabzavotlarni xarid qilib qo‘yish mumkin.

AdMe nashri sog‘lig‘imiz va pulimizni qadrlagan holda eng yangi va eng sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishimizga yordam beradigan bir nechta sirlarni baham ko‘radi.

Zaytun

Foto: AdMe

Zaytun tanlashda danagi borini olgan maʼqul. Chunki danagi olib tashlangan zaytun sho‘r suvga solingan bo‘ladi. Ichiga tuzli suv kirgan mevalar bo‘tqa holiga kelib qolishi mumkin. Bundan tashqari, zaytunning haqiqiy taʼmi ham buziladi.

Losos

Foto: AdMe

Paradoksni qarangki, yangi baliq juda o‘tkir hidga ega bo‘lmasligi kerak. Agar buning aksi bo‘lsa, u eskirgan bo‘lishi mumkin.

Yana bir belgi — rangida. Fermer xo‘jaligida yetishtirilgan losos odatda och pushti rangda, yovvoyi losos esa quyuqroq rangda bo‘ladi. Go‘shti yuzasida kulrang yoki jigarrang dog‘lar mavjud bo‘lsa, bu ham baliqning juda uzoq vaqt davomida saqlanganini ko‘rsatadi.

Xurmo

Foto: AdMe

Yangi xurmo ozroq burishgan bo‘lishi, ammo juda qattiq bo‘lmasligi kerak. Quritilgan meva etli va biroz yaltiroq ko‘rinishga ega bo‘lgani yaxshi. Ularda shakar kristallari va oq dog‘lar bo‘lmasligi kerak, chunki bu narsalar mevaning sifati allaqachon buzilganini ko‘rsatadi.

Sarimsoq

Foto: AdMe

Agar sotuvchi sarimsoqning yangi ekanligini daʼvo qilsa, buni unchalik sezilmaydigan hididan aniqlash mumkin. Agar sarimsoq o‘tkir hidli bo‘lsa, ehtimol, sabzavot eski yoki noto‘g‘ri saqlangan. Unda hatto chirish jarayoni boshlangan bo‘lishi mumkin.

Lavlagi

Foto: AdMe

Lavlagi sotib olayotganda barglari bo‘lgan ildizmevalarni tanlagan yaxshi: barglaridan sabzavot yangi ekanligini aniqlash oson. Lekin lavlagi har doim ham bargli bo‘lavermaydi, shuning uchun uning hajmiga va ildiziga eʼtibor berish kerak. Juda ildizli bo‘lmagan kichik lavlagini tanlagan ma’qul, kattalari esa ko‘pincha qattiq va bemaza bo‘ladi.

Bedana tuxumi

Foto: AdMe

Bedana tuxumini tanlashda birinchi navbatda qobiq holatini diqqat bilan tekshirish, sinmaganiga ishonch hosil qilish kerak. Yaroqlilik muddatini bilish ham foyda beradi: xona haroratida 30 kungacha va muzlatkichda 60 kungacha. Agar sanasi bo‘lmasa, unda tuxumlarning yangiligini vazni bo‘yicha aniqlash mumkin. Yangi tuxum 10-12 grammgacha bo‘ladi. Agar vazni ancha kam bo‘lsa, bu bedana tuxumlari (boshqa turdagi tuxumlar kabi) allaqachon eskira boshlaganini anglatadi.

Avokado

Foto: AdMe

Asosiy rangdan farq qiladigan har qanday dog‘lar mevada biror narsa noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi. Postlog‘i to‘q rangda bo‘lgan avakadolarni olmagan maʼqul, chunki bu ko‘pincha meva chiriy boshlaganini bildiradi. Shuningdek, meva bandiga yaqin joyni bosib ko‘rishingiz ham mumkin: agar ezilsa, meva haddan tashqari pishib ketgan.

Tuzlangan karam

Foto: AdMe

Ko‘pchilik tuzlangan karamni nafaqat taʼmi, balki organizmga foydali taʼsir ko‘rsatadigan probiyotiklarni o‘z ichiga olganligi uchun ham yaxshi ko‘radi. Ammo ularning hammasi ham bir xil darajada foydali emas. Eng yaxshisi tuzlanganiga 3 haftadan oshgan karam. Uning tarkibida sirka bo‘lmasligi kerak, chunki u sut kislotasi bakteriyalarining ko‘pini o‘ldiradi.

Anor

Foto: AdMe

Baʼzida anor sotib olganda ichi rangpar va nordon bo‘lib chiqadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagilarga eʼtibor berish kerak: mevaning shakli mukammal yumaloq bo‘lmasligi lozim. Burchakli, po‘stining silliqligi va elastikligi ham yetilgan meva belgisi hisoblanadi.

Limon

Foto: AdMe

Avvalo yaxshi limonni og‘irligi va qobig‘ining qalinligidan aniqlash mumkin. Tashqi ko‘rinishidan meva kichik ko‘rinishi mumkin, ammo og‘ir bo‘lishi kerak. Shuningdek, yupqa po‘stlog‘i va bandi yonida chuqurcha bo‘lsa, limon tarkibida yuqori miqdorda minerallar borligini anglatadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Eng yangi va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda asqatadigan 10 ta maslahat