Fastfudlar sog‘liq uchun to‘g‘ri variant emas. Biroq o‘zingizga sevimli kafe tomon yo‘l olishni reja qilsangiz, hech bo‘lmaganda o‘sha taomga buyurtma bermang. Buning uchun sizning organizmingiz “rahmat” aytadi.
Fastfudlarning zarari haqida ko‘p gapirilgan. Shunday bo‘lsa-da, ularni yeyishda davom etamiz. Shunchaki ba’zida “sedanali bulochka” — burger haqidagi fikr sizga tinchlik bermaydi. Ba’zan esa bo‘sh vaqtimiz yo‘qligi yoki taom tayyorlashga dangasa bo‘lganimiz sababli tez-tez bunday restoranlarga boramiz.
Albatta, ideal to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga amal qilmoqchi bo‘lganda fastfudlar tayyorlanadigan restoranlariga tashriflar deyarli nolga kamayishi kerak. Bu vaznni nazorat qilishga yordam beradi va sog‘liqni turli zarbalarga duchor qilmaydi.
Biroq qoidalarni o‘zgartirsa bo‘ladi. Bordi-yu, fastfudlardan butunlay voz kechishni rejalashtirmasangiz, shifokorlar “yurakka o‘lim bilan tahdid qiluvchi” deya ataladigan kamida bitta taomni iste’mol qilishni cheklashga harakat qiling.
Hayron qolishingiz tabiiy, lekin burgerlar, kartoshka fri yoki qovurilgan pirojkilar haqida gap ketmayapti. Eng zararli fastfud oziq-ovqat mahsuloti qovurilgan nonli pishloq bo‘lib, u uzoq vaqtdan beri bunday tamaddixonalarning menyusida o‘zining mustahkam o‘rnini egallagan.
Ushbu taom dastlab qon bosimini oshirishi va yurakka ortiqcha yuk berishi mumkin bo‘lgan natriyning nihoyatda ko‘p miqdorini o‘z ichiga oladi. Qovurilgan pishloqda natriyning maksimal miqdori kamida 1000 mg, ba’zan esa katta qismi bilan hisoblaganda 2000 dan ortiq. Shu bilan birga ushbu mikroelementning kunlik dozasi atigi 1500 mg ni tashkil qiladi.
Natriyning yuqori darajasi qo‘shimcha miqdorda to‘yingan yog‘lar bilan birgalikda yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi, — deydi kardiolog Anjali Datta.
Bunday restoranlariga sayohatlar paytida mutaxassis odatiy menyuni yanada sog‘lom mahsulotlar bilan aralashtirishni maslahat beradi: masalan, garnir uchun salat yoki shirinlik o‘rniga olma va sabzi bo‘laklarini buyurtma qilish kabi. Qovurilgan pishloqni chindan ham yaxshi ko‘rsangiz, uni uyda pishirgan ma’qul: sariyog‘ va non qo‘shmagan holda. Ushbu parametr yanada mazali bo‘lib va bir vaqtning o‘zida taomdan bir necha yuz kaloriya tejash imkonini beradi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi