Qulupnayni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha birinchi navbatda nimaga e’tibor berish kerak, shuningdek, rezavor kim uchun foydali-yu, kimga zarar yetkazishi mumkinligi haqida bilib oling.
Qulupnayni qanday tanlash kerak?
Bir xil rangdagi va chirish belgilarisiz, ho‘l bo‘lmagan rezavorlarga ustunlik bering.
- Rang
Qulupnay qanchalik yorqin va quyuq rangda bo‘lsa, unda vitaminlar ko‘p bo‘ladi, masalan, qip-qizil rezavorlar tarkibida ko‘p miqdorda C vitamini mavjud. Agar rezavorning rangi to‘q qizil bo‘lsa, unda juda ko‘p antosiyanin pigmenti borligining belgisidir. Bu modda organizm qarishi bilan kurashadi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
Shuningdek, g‘ayritabiiy yorqin rangdagi qizil meva sotib olmasligingiz kerak — bu qulupnay sun’iy o‘g‘itlarda o‘stirilgan bo‘lishi mumkin.
- Hid
Barra rezavorning xushbo‘yligi uzoqdan seziladi — dalada pishib yetilgan qulupnay barqaror va yoqimli hidi bilan ajralib turadi.
- Bandi va barglari
Sotib olinayotgan qulupnayning bandi va barglari yam-yashil bo‘lsin: bu uning yangi uzilgan ekanidan dalolatdir. Ammo barglari ustida oq chiziq bo‘lsa, qulupnayga pestitsidlar bilan ishlov berilgan.
Qiziq fakt: agar meva va barglar o‘rtasida masofa bo‘lsa, qulupnay shirin bo‘ladi va, aksincha, barglar mevaga mahkam joylashgan bo‘lsa, ular nordon bo‘ladi.
Maslahat: kelgusi vaqt uchun qulupnay sotib olmang, mevalar uzog‘i 2-3 kun davomida saqlanadi. Iste’moldan oldin mevalarni yaxshilab yuving.
Qulupnayning qanday organizmga foydasi bor?
Meva nafaqat mazali, balki foydali va past kaloriyali hisoblanadi:
- 5 dona qulupnay C vitaminining kunlik qiymatiga teng;
- qulupnayda malina va uzumga qaraganda ko‘proq foliy kislotasi mavjud;
- bir dona mevaning kaloriyasi 36 dan ko‘p emas.
Shu bilan birga qulupnay tish emaliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin va bu meva kuchli allergen bo‘lib, ayniqsa, daraxt gulchanglariga allergiyasi bo‘lganlar uchun xavflidir. Mevani kichik yoshdagi bolalarga berish tavsiya etilmaydi. Boshqalar uchun qulupnayning xavfsiz miqdori kuniga bir-ikki stakan bo‘lishi lozim.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring