date

Erkak sobiq xotinini sevishini qanday bilish mumkin?

Erkak sobiq xotinini sevishini qanday bilish mumkin?

Ba’zan sizga turmush o‘rtog‘ingiz oldingi xotinini unutmaganday, hamon u haqda o‘ylayotganday tuyulishi mumkin. Buning tagiga etishni istasangiz quyidagi ro‘yxatga e’tiboringizni qarating.

Erkak ilgarigi xotinini hamon sevishini qanday bilish mumkin?

Erkak sobiq xotini bilan ijtimoiy tarmoq orqali muloqotda bo‘ladi, suratlariga izoh yozadi, klip, qo‘shiq yuboradi. U o‘zining bu xatti-harakatini biz u bilan do‘st bo‘lib qolganmiz, deb oqlaydi. Balki rostdan ham shundaydir, chunki ularni bog‘lab turuvchi umumiy xotiralar mavjud. Balki aksincha, erkak uni unuta olmayotganidan muloqot qilayotgandir?

U sobiq xotinining suratlarini saqlab qo‘ygan, kompyuteri esa baxtli kunlaridan xotira bo‘lgan birga tushgan suratlariga to‘lib-toshgan. Bu erda ikki variant mavjud: birinchisi suratlarni o‘chirib tashlashga vaqti bo‘lmagan, ikkinchi variant esa o‘tmishni unutishni istamaydi. Erkak uchun bu suratlar qanchalik qadrli ekan?

Eringiz sobiq xotini haqida gapirib, tez-tez u bilan birga yashagan paytidagi kulgili voqealarni eslashni yoqtiradi. U bu voqealarni nimaga eslayapti? Unutishni istamaganligi uchunmi? Shunda siz beixtiyor “Balki haliyam uni sevar?” degan xayolga borasiz.

Erkak uyda haliyam sobiq xotinining buyumlarini, idish-tovog‘ini, kiyim-kechagini saqlaydigan bo‘lsa, ulardan tezroq xalos bo‘lishga harakat qiling.

U sobiq xotinini eslashni umuman istamaydi. Boshqa tomoni — u sobiq xotini haqidagi barcha savolni noto‘g‘ri qabul qiladi. Bu esa uning ichida hali tuguni echilmagan muammolar borligidan dalolat va bu uning aziyat chekayotganidan dalolat.

Agar yuqorida keltirilgan misollardan birortasi sizga yaxshi tanish bo‘lsa, demak eringiz hamon o‘tmish xotiralaridan qutilishga tayyor emas. Darrov janjal ko‘tarishga shoshilmang, bu vaziyatni battar chigallashtiradi. Yaxshisi, o‘zingizni bo‘sh qo‘yib, munosabatlaringiz haqida o‘ylab ko‘ring, uchinchi odam haqida esa batamom unuting. Axir eringiz uni emas, sizning oldingizda o‘tiribdi, demak eringizning orzusidagi ayol sizsiz. O‘tmish esa orqada qolaversin.

Agar u erkak hali ham sobiq xotinini sevsa va bu haqda sizga aytsa, uni qo‘yib yuboring. Ba’zida inson hayotida shunday ham bo‘ladi, bu esa siz undan yomonsiz degani emas. Shunchaki uning munosib jufti u, siz esa sizni sevadigan insonni hali uchratasiz.

Manba: Darakchi.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Erkak sobiq xotinini sevishini qanday bilish mumkin?

Ko'p o'qilgan Foydali yangiliklari