Uzoq umr ko‘rishning 14 siri

Baxt haqida hammaning o‘z fikri, nuqtai nazari bor, biroq uzoq umr ko‘rish haqida esa barchaga birday maslahat berish mumkin, deydi “Darakchi” nashri.
1. Optimistlar uzoq umr ko‘rishadi
Hayotga optistik nigoh bilan qarovchi insonlar nafaqat uzoq umr ko‘rishadi, balki to‘laqonli hayot kechirishadi. Optimizm stresslarning oldini olib, immunitetni mustahkamlaydi va bir qancha kasalliklarning oldini oladi.
2. Oyog‘ingizni asrang
Oyog‘ingiz muskullari baquvvat bo‘lsa, bu sabr-bardoshni oshiradi, balansni yaxshilaydi. Axir inson ko‘p vaqtini yotib emas, tik oyoqda o‘tkazadi. Mushaklar sog‘lomligi qariganda suyaklar sinishining oldini olishga yordam beradi.
3. Do‘stlari ko‘p odamning umri uzoq bo‘ladi
Do‘stlarning ko‘pligi stressning oldini olishdagi muhim omillardan biridir. Yaqin do‘stlar yuzaga kelgan muammolarning oldini olishda, uni bartaraf etishda ko‘maklashishadi, ruhiy madad berishadi. Do‘stlar bilan suhbat qurish kayfiyatni ko‘taradi, qonda endorfin moddasi miqdorini oshiradi.
4. Agar onangiz sizni yosh tuqqan bo‘lsa, uzoq umr ko‘rish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi
Statistikaning ko‘rsatishicha, agar sizni onangiz 25 yoshida tuqqan bo‘lsa, sizda 100 ga kirish imkoniyati boshqalarnikidan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi.
5. Uyingizda ozodalikka e’tibor bering
Uy tozalash nafaqat jismoniy mashq, balki xavfli mikroblarni yo‘q qilishning eng qulay yo‘llaridan biridir. Ammo tozalikka e’tibor beraman, deb oshirib yubormang, hamma narsaning o‘z me’yori bor.
6. Ilmli, ma’lumotli bo‘lish uzoq umr ko‘rishga yordam beradi
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ilmli, oliy ma’lumotli insonlar boshqalardan ko‘ra uzoq umr ko‘radi. Bilim ularning hayotni yaxshiroq tushunishiga, zararli odatlarga ruju qo‘ymasligiga yordam beradi. Bu erda gap diplom ustida ketmayapti, qo‘lingizda universitetning diplomi bo‘lishi shart emas. Mustaqil bilim olishga, o‘qishga, o‘rganishga intiling, o‘z ustingizda ishlab, bilim doirangizni kengaytiring.
7. Maqsadni to‘g‘ri belgilang
Muammolarga amaliy yondashishni o‘rganing. Hayotiy muammolarga to‘g‘ri yondashish stresslarning oldini oladi, miya ish faoliyatini yaxshilab, uzoq umr ko‘rishga sabab bo‘ladi.
8. Rasioningizda go‘sht miqdorini kamaytiring
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, rasioningizda go‘sht miqdori yuqori bo‘lsa, bu juda ko‘p kasalliklarga sabab bo‘ladi. Uzoq umr ko‘rishni istasangiz kamroq go‘sht iste’mol qiling.
9. To‘q rangli mevalarga e’tiborli bo‘ling
To‘q rangli uzumlar, qizil uzum sharobi, chernika mevasi tarkibidagi polifenol yurak qon-tomir va ko‘plab boshqa kasalliklarning oldini olishda katta rol o‘ynaydi.
10. Bolaligingizdan boshlab, vazningizga e’tiborli bo‘ling
Agar noto‘g‘ri turmush tarzini kechirib, o‘smirlik yoshingizdan boshlab, ortiqcha vaznga ega bo‘lsangiz, kelajakda ham bu zararli odatdan qutulishingiz qiyin kechadi. Buning oldini olish uchun o‘smirlik paytingizdan boshlab, vazningizga e’tiborli bo‘ling.
11. Choy iching
Yaponiyaliklarning uzoq umr ko‘rishiga ularning ko‘p miqdorda choy iste’mol qilishi ham sababchidir. Chunki ko‘k va qora choy tarkibidagi flavoniodlar — katexinlar yurakni baquvvat qiladi.
12. Ko‘proq piyoda yuring
Agar kuniga 30 daqiqa davomida piyoda yursangiz, bu ishni bajarmaydiganlardan ko‘ra to‘rt barobar ko‘proq umr ko‘rish imkoniyatingiz mavjud bo‘ladi. Bu sizga juda jo‘n ko‘rinsa ham, aslida piyoda yurish sog‘likni saqlashda eng muhim omillardan biridir.
13. Shirin, gazli suvni kamroq iste’mol qiling
Agar kuniga kamida bir stakan gazli suv ichadigan bo‘lsangiz, qandli diabet, ortiqcha vazn, depressiya, yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi.
14. Sog‘lom insonlar bilan muloqotda bo‘ling
Agar sog‘lom turmush tarzini kechirishni istasangiz, bo‘shashmang. Mabodo yomon odatlarga ega odam bilan muloqotda bo‘lsangiz, ular ozgina go‘sht esangiz, bir kunga sportzalga bormasangiz, hech nima bo‘lmasligiga sizni ishontiradi. Har doim sog‘lom va baxtli insonlar davrasida bo‘lishga intiling, shunda siz ham ular kabi baxtli va sog‘lom bo‘lasiz! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing