111
Qora shokolad va barra sabzavotlar: tarkibida ko‘p miqdorda magniy mavjud bo‘lgan oziq-ovqatlar
Magniy suyak to‘qimalarining asosiy tarkibiy elementidir. Bu mikroelement organizmda lipidlar, oqsil va ozuqa moddalarining so‘rilishi uchun mas’ul bo‘lgan 350 dan ortiq fermentlarni faollashtiradi!
Suyak to‘qimasini shakllantirish va metabolizmni tezlashtirishdan tashqari magniy uyqusizlik, migren, tashvishlanish va asab kasalliklariga qarshi kurashda yordam beradi.
Ratsionga tarkibida magniy bo‘lgan qanday oziq-ovqatlar kiritilishi kerak:
- Guruch kepagi. 100 gramm mahsulot ichida 781 mg magniy mavjud. Bu tavsiya etilgan kunlik me’yordan ikki baravar ko‘p.
- Koriandr, shafley yoki rayhon. Ularning bir osh qoshig‘ida taxminan 690 mg magniy uchraydi. Taomingizga ushbu mineralga boy ziravorlardan qo‘shing.
- Qora shokolad. U antioksidantlarga va magniyga boy. 100 gramm shokoladda taxminan 230 mg magniy bor.
- To‘q yashil bargli sabzavotlar. Karam, ismaloq va har qanday quyuq yashil bargli sabzavotlar. Shuningdek, lavlagi bargi va qoqi o‘t yuqori darajadagi magniyni ta’minlaydi. 1 stakan ismaloqda 157 mg magniy mavjud.
Balansli ovqatlanish ko‘p hollarda organizmning magniyga bo‘lgan kunlik ehtiyojini qoplaydi. Ko‘p odamlar sifatsiz oziq-ovqat, noto‘g‘ri turmush tarzi yoki oshqozon-ichak traktining surunkali patologiyalari mavjudligi tufayli uni yetarli darajada qabul qila olishmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi