16:30 / 13.06.2023
192

Ongingizga ta’sir qiladigan 6 ta eng zararli yozgi odat

Ongingizga ta’sir qiladigan 6 ta eng zararli yozgi odat
Foto: The Voice Mag
Agar yozda energiya yetarli ekanini his qilmasangiz va ko‘zguga qaraganda o‘zingizdan norozi bo‘lsangiz, bu zararli odatlaringizni yaxshilariga o‘zgartirish lozimligi haqidagi belgi! Psixolog Roman Talanov birinchi navbatda nimadan voz kechish kerakligini aytib o‘tdi.
 
Quyoshdan ehtiyot bo‘ling
 
Haddan tashqari ko‘p quyosh nuri organizmga umumiy holat nuqtai nazaridan, hatto, psixikaga ta’sir qilishi mumkin. Issiqda ko‘proq charchoq, bosh og‘rig‘i va uyqu bilan bog‘liq muammolarga duch kelamiz. Shuning uchun boshni issiqdan saqlovchi panamalar haqida unutmang va soyada ko‘proq vaqt o‘tkazishga harakat qiling.
 
Uyqu va ovqatlanishning buzilishi
 
Muvozanati buzilgan uyqu va ovqatlanish rejimi tashqi ko‘rinishimizga, psixo-emotsional holatimizga ta’sir qiladi. Yozda sabzavot va mevalarga e’tibor bering, ayni paytda ratsiondagi go‘sht miqdorini cheklang. Kuniga kamida sakkiz soat dam olishni unutmang, hatto, yetarlicha uxlayotganga o‘xshasangiz ham.
 
Odatiy ishlarni kechiktirmang
 
Bir yil davomida kunning ma’lum bir algoritmini ishlab chiqamiz va uni avtomatik ravishda kuzatib boramiz. Biroq yozda odatiy rejimga rioya qilish qiyinroq bo‘ladi: ba’zan majburiy vazifalarni ham kuzgacha qoldirmoqchi bo‘lasiz. Ortiqcha dam olishingizga yo‘l qo‘ymang va har doim buning oqibatlari haqida o‘ylang.
 
Priotetlaringizni yo‘qotmang
 
Ta’tilda dam olishga butkul sho‘ng‘ib ketmang. O‘qish yoki kelajak uchun rejalar tuzishga ko‘proq vaqt ajratishga harakat qiling. Bu ta’tildan ish kunlariga qaytishingizni osonlashtiradi.
 
Jonli suhbatga vaqt ajrating
 
Internet, televizor va behuda o‘yin-kulgilarga qaramlik psixikaga salbiy ta’sir qiladi va rivojlanishga to‘sqinlik qiladi. Aksincha, o‘zingizni foydali va yoqimli narsalar bilan band qiling: oila a’zolar, do‘stlar bilan sayr qilish, kitobxonlik, ko‘rgazmalar, ochiq havoda konsertlarga borish va hokazo!
 
O‘zingizni dala ishlari bilan charchatmang
 
Dala hovli dam olish uchun ajoyib, lekin siz bog‘da ishlash uchun barcha kuchingizni sarflamasligingiz kerak. O‘zingizni ortiqcha zo‘riqtirmang, ko‘p suv iching va soyada dam oling. Ota-onangizga ham xuddi shunday odatlarni singdirishni unutmang!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ongingizga ta’sir qiladigan 6 ta eng zararli yozgi odat