22:03 / 18.06.2023
175

Xavfsiz oshxona: har yili u yerda yangilanishi kerak bo‘lgan 5 ta narsa

Xavfsiz oshxona: har yili u yerda yangilanishi kerak bo‘lgan 5 ta narsa

Har yili yangilanishi kerak bo‘lgan bir nechta oshxona buyumlari mavjud. Shu yo‘l bilan noxush oqibatlarning oldini olasiz, deb yozadi Marie Claire nashri.

Oshxona uydagi eng muhim joylardan biridir. Bu nafaqat shinam va qulay, balki iloji boricha toza shu bilan birga xavfsiz bo‘lishi kerak. Mutaxassislar ko‘pincha e’tiborimizdan chetda qolgan narsalarni eslatib turadi. Misol uchun idishlarni yuvish uchun shimgichni har hafta o‘zgartirish yoki muzlatkichning yuqori qismini changdan tozalash kerakligi kabi.

Devorni ranglash

Foto: Marie Claire

Bundan oldin, albatta, sirtdan barcha qoralangan va devorga yopishib qolgan mayda narsalarni olib tashlash uchun umumiy tozalashni amalga oshirish kerak. Xonani qayta ta’mirlash va bo‘yoqning namlikka chidamliligini saqlab turish uchun har yili yoki tez-tez devorlarni yangilab turish lozim.

Stol usti

Foto: Marie Claire

Oshxonaning asosiy ishchi yuzasi stol usti hisoblanadi. Bir yil ichida uning tashqi ko‘rinishi sezilarli darajada yomonlashishi ajablanarli emas. Yoriqlar, chiziqlar, tirnalishlar — bularning barchasi oshxonaning umumiy ko‘rinishiga ta’sir qiladi, shuning uchun birinchi navbatda stol ustini yangilagan ma’qul.

Pardalar

Foto: Marie Claire

Bir yil davomida nimadir muntazam qaynatilgan va qovurilgan xonada har qanday mato, albatta, har xil hidlarni o‘ziga singdirgan lattaga aylanadi. Va bu ifloslanishni endi yuvib bo‘lmaydi. Shuning uchun ideal variant oshxonaning umumiy ko‘rinishini stol yuzasi, pardalar va oshxona anjomlari bilan har yili yangilashdir.

Oshxona anjomlari

Foto: Marie Claire

Taxtakachlar, cho‘mich va cho‘tkalar, sochiqlar, shuningdek, boshqa to‘qimachilik buyumlari hamda barcha yopishmaydigan yuzalar yiliga kamida bir marta yangilanishi kerak. Ushbu mahsulotlar bizning sevimli narsalarimizdan biridir, chunki bunday xaridlar doimo xursand qiladi.

Mebel qoplamasi

Foto: Marie Claire

Oshxonadagi har qanday to‘qimachilik buyumlari kabi mebel qoplamasi xonadagi hidlarning kontsentratsiyasi va yuqori namlik tufayli ohorini yo‘qotadi. Iloji bo‘lsa, yiliga bir marta qoplamalarni qayta yangilash yoki almashtirishni amalga oshirish kerak.

Xonani ventilyatsiya qilishni unutmang, ho‘l idishlar va pichoqlarni yopiq shkaflarga qo‘ymang, singan yoki kir narsa-buyumlarni yig‘mang. Ovqatlaringiz har doim xavfsiz va yoqimli bo‘lishi uchun darhol oshxona maydonini o‘zining qulay va toza holatiga keltirgan ma’qul.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xavfsiz oshxona: har yili u yerda yangilanishi kerak bo‘lgan 5 ta narsa