123
Yog‘larni parchalovchi, nonushtada iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan 5 xil oziq-ovqat
Foto: The Voice Mag
Nonushtaning ahamiyatini boshqacha baholab bo‘lmaydi, ayniqsa, ertalabki taom kun bo‘yi ishtahaga ta’sir qilishini inobatga olinsa. Uzoq vaqt davomida to‘qlik, shu bilan birga metabolizmni yaxshilash va vazn yo‘qotish uchun mutaxassislar quyidagi ingrediyentlardan nonushta tayyorlashni tavsiya qiladilar.
Mukammal nonushta qanday bo‘lishi kerakligi haqida ko‘plab fikrlar mavjud. Ba’zi ekspertlar protein-yog‘li nonushtalarni ma’qullasa, boshqalari kunning ilk taomini bir finjon qahva va rezavorlar bilan almashtirishni maslahat berishadi. Yana boshqalar kunning birinchi yarmida hamma narsani yeyish mumkin, deb hisoblaydi: asosiysi, kechqurungacha o‘zingizni tartibga keltirib olish uchun vaqt borligidir.
Odatdagidek haqiqat oltin o‘rtalikda. Sog‘lom yog‘ va oqsillar nonushtaning asosi bo‘lsin. Ammo kletchatka va probiotiklar haqida unutmang!
Shuningdek, yog‘ni eritadigan, metabolizmni yaxshilashga yordam beradigan ovqatlarni afzal ko‘rishingiz mumkin. Ularning ko‘pchiligida protein va boshqa foydali ertalabki ozuqalar ham mavjud bo‘ladi.
Ko‘k choy
Kim nima deyishidan qat’i nazar, ertalabni qahva emas, balki bir piyola yashil choy bilan boshlagan ma’qul. Birinchidan, bu ichimlik boshqa mahsulotlar bilan yaxshiroq kombinatsiyalangan bo‘lib, vitamin va oqsillarning so‘rilishiga xalaqit bermaydi. Ikkinchidan, ko‘k choyda xolesterolni kamaytiradigan va teriosti yog‘ to‘planishiga ta’sir qiluvchi ko‘plab antioksidantlar mavjud.
Zanjabil
Agar bir piyola ko‘k choyga ozgina maydalangan yoki kukunli zanjabil qo‘shsangiz, ichimlikning ta’siri sezilarli darajada oshadi. Shu bilan birga zanjabil nafaqat metabolizmni rag‘batlantiradi, balki ovqat hazm qilishni yaxshilashga yordam beradi. Ovqat hazm qilish traktida dam bo‘lish va boshqa noxush alomatlarning oldini oladi.
Tuxum
Tuxum vitamin va aminokislotalarning ajoyib manbaidir. Past kaloriya tarkibiga qaramay, tuxumda juda ko‘p miqdorda protein mavjud, ularning iste’moli vazn yo‘qotishni tezlashtiradi va uzoq vaqt to‘qlik hissini beradi. Darvoqe, agar ishtahangiz ochilib ketsa va uni eng zararsiz tarzda bostirmoqchi bo‘lsangiz, tuxumni kechasi yeyishingiz ham mumkin.
Yunon yogurti
Probiotik va oqsillarning yuqori miqdori yunon yogurtining yagona afzalliklari emas. Muhimi, uning asosida ham shirin, ham mazali nonushta tayyorlay olasiz. Aynan shu kabi foydali xilma-xilliklar zararli taomlarga burilib ketmaslikka yordam beradi!
Avokado
Avakodo tarkibidagi sog‘lom yog‘lar va kletchatka yog‘ eritishning faol, asosiy komponentlari bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, avokadoni iste’mol qilish, ayniqsa, qorin bo‘shlig‘ida to‘plangan ortiqcha visseral yog‘larga ega bo‘lganlar uchun foydalidir.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
Kreml saroyida O‘zbekiston yulduzlari konserti qanday o‘tdi?
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi