15:34 / 07.07.2023
259

Yozda ulardan tiyiling: terlashni kuchaytiradigan 3 xil oziq-ovqat mahsuloti

Foto: Wday.ru

Odam qachon terlaydi? Atrof-muhit issiq bo‘lganda yoki kasal bo‘lsa, jismoniy zo‘riqqanda yoki asabiylashganda terlaydi. Ammo ko‘pchilik bir nechta xil ovqatlarni iste’mol qilish ham ortiqcha terlashga olib kelishi mumkinligini bilmaydi. Wday nashrida ana shu mahsulotlar qaysi ekani sanab o‘tildi.

Qahva va issiq ichimliklar

Kofein markaziy asab tizimini rag‘batlantiradi va yurak mushaklarining qisqarishini tezlashtiradi, natijada qon bosimi ko‘tariladi. Ko‘pincha jismoniy faoliyatda kuzatiladigan bunday holat terlashga sabab bo‘ladi. Bunga ichimlikning harorati ham hissa qo‘shadi.

Foto: Google Image

Qaynoq qahva, zanjabil va asal qo‘shilgan choy, oblepixa kabi o‘simliklar tana haroratini oshirib, terlashni yanada kuchaytiradi. Darvoqe, tarkibida kofeinni o‘z ichiga olgan preparatlar ham gipergidrozni kuchaytirishi mumkin, buni inobatga olish kerak.

Achchiq ovqat va ziravorlar

Foto: Wday

Chili qalampiri, sarimsoq va o‘tkir ta’mga ega ziravorlar tilga tekkanda ta’m kurtaklari bilan o‘zaro ta’sir qiladi va ular miyaga organizmga issiq narsa kirganligi haqida ma’lumot yuboradi. Yaxshi sozlangan tizim signalga ko‘p terlash bilan javob qaytaradi va issiqlik uzatish yaxshilanadi. Achchiq ovqatlar ham terning kuchli hidini keltirib chiqaradi, shuning uchun yozda achchiq ovqatlardan voz kechgan ma’qul.

Spirtli va energiya beruvchi ichimliklar

Spirtli ichimliklar ichish nafaqat eyforiya holatini keltirib chiqaradi, balki inson organizmi uchun jiddiy stressga aylanadi.

Foto: Google Image

Spirtli ichimliklar butun organizmdagi yukni oshiradi:

  • tana harorati ko‘tariladi;
  • qondagi qand miqdori oshadi;
  • organizm toksinni chiqarib yuborishga harakat qiladi, shuning uchun jigar, buyrak va yurakning faoliyati sezilarli darajada oshadi, buning natijasida odam terlaydi.
Energetik ichimliklar barcha tizimlarning faoliyatini rag‘batlantiradi,pulsni tezlashtiradi.

Ovqatdan terlash bilan qanday kurashish kerak?

Agar oziqlanish gipergidrozi noqulaylik tug‘dirsa, unda birinchi navbatda yuqorida aytib o‘tilgan mahsulotlarni diyetadan cheklash yoki chiqarib tashlash kerak.

Spirtli ichimliklar va qahva ichishdan saqlaning. Oziq-ovqat issiq emas, iliq bo‘lsin. Sho‘r va achchiq ovqatlardan voz kechgan ma’qul. Suv ichish rejimiga rioya qilganingizga ishonch hosil qiling, chunki terlashning ko‘payishi bilan suvsizlanish kuzatiladi.

Foto: Wday

Agar gipergidroz noqulaylik tug‘dirsa, botoks inyeksiyalaridan foydalanish mumkin. Botulotoksin ter bezlariga kiradigan nerv impulslarini bloklaydi. Va inyeksiyadan keyin bir necha kun ichida vaziyat sezilarli darajada yaxshilanadi. Jarayonni olti oy — bir yil ichida takrorlasa bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yozda ulardan tiyiling: terlashni kuchaytiradigan 3 xil oziq-ovqat mahsuloti