Buni faqat mashina haydash paytida his qilish mumkin: Alsgeymer kasalligining erta alomati
Kasallikning dastlabki bosqichlarida eng keng tarqalgan demensiya turini qanday aniqlashni bilib olish foydadan holi bo‘lmaydi, deb yozmoqda The Voice Mag nashri.
Alsgeymer kasalligi bilan og‘rigan bemorlar shifokorga kechroq kelishadi. Sababi oddiy: agar ular biron bir alomatni sezsalar, ko‘pincha ularni oddiy qarishning namoyon bo‘lishi deb tasniflashadi, shuning uchun bunga e’tibor bermaydilar.
Demensiyaning ushbu belgilaridan faqat bittasini mashina haydash paytida sezish mumkin. Rulda o‘tirganda hali kasallik haqida bilmagan, tashxislanmagan odamlar to‘satdan tanish va allaqachon yaxshi o‘rganilgan joylarga yo‘lni eslay olmaydilar.
Parallel ravishda bunday odamlarda masofani yetarli darajada baholash va rang yoki kontrastni aniqlash bilan bog‘liq muammolar ham bo‘lishi mumkin. Bu alomatlarning barchasi haydash jarayonini juda murakkablashtiradi: hatto butun umrini rulda o‘tkazgan odam ham o‘zini noqulay seza boshlaydi va yo‘lda o‘zini ishonchsiz his qiladi.
Alsgeymer kasalligini o‘z vaqtida anglash va tibbiy yordamga murojaat qilish kasallikning namoyon bo‘lishini kechiktirish, hayot sifatini yaxshilashning yagona ishonchli usuli hisoblanadi. Ko‘plarning xatolarini takrorlamang, chunki statistik ma’lumotlar xavotirli: yaqinda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, faqat har uchinchi odam kasallikning dastlabki oyida shifokorlariga demensiya belgilari haqida aytib beradi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring