08:56 / 12.07.2023
193

Miyani faollashtirib, aqliy unumdorlikni oshiradigan eng foydali oziq-ovqatlar

Foto: Kubnews

Doktor sermahsul ishlash va imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tish uchun nima yeyish kerakligini sanab o‘tdi.

Qanday oziq-ovqatlar miya faoliyatini yaxshilaydi?

Atrofdagilarni aqlingiz va topqirlik qobiliyatingiz bilan hayratda qoldirish uchun juda ko‘p ish qilish shart emas. Diyetolog Marina Sorokinaning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi oziq-ovqatlar ham muntazam iste’mol qilinsa, xotirani mustahkamlaydi va aqliy jarayonlar tezligini oshiradi.

Mutaxassis miya faoliyatining bunday tabiiy “stimulyatorlari”ning beshta guruhini sanab o‘tdi:

  • Yog‘li dengiz baliqlari (losos, skumbriya, seld va boshqalar). Ular vitamin D, fosfor, sink, oqsilga boy bo‘lib, umumiy salomatlik, organ va tizimlarning faoliyatiga juda foydali ta’sir ko‘rsatadi. Diyetolog ta’kidlaganidek, kutilgan natijaga erishish uchun haftasiga kamida ikki marta yog‘li baliq iste'mol qilish kerak.
  • Yashil bargli sabzavotlar (ismaloq, karam, brokkoli, shovul va boshqalar). Ular miya uchun foydali mikroelementlarga boy: vitamin K, lutein, foliy kislotasi, beta-karotin. Darvoqe, xuddi shu mahsulotlar demensiyaning oldini olishda ajoyib yordamchilar sanaladi.

Rezavorlar (malina, qulupnay, chernika boshqalar). Mevalar xotira va kognitiv funksiyalarga juda foydali ta’sir ko‘rsatadigan flavonoidlarga

Foto: Google Images

 

  • Yong‘oq. Axir, yong‘oq hatto, tashqi tomondan inson miyasiga o‘xshashligi bejiz emas! Yong‘oqda protein va sog‘lom yog‘lar ko‘p. Bundan tashqari, u omega-3 kislotalari, B, C, PP vitaminlari, temir, yod, magniy, sink va misni o‘z ichiga oladi. Bu foydali moddalarning barchasi sizni hamkasblaringizga qaraganda uzoq muddatda aqlliroq, faolroq va muvaffaqiyatliroq bo‘lishingizni ta’minlaydi.
  • Qora shokolad. Kakao miya va asab tizimi salomatligi uchun eng foydali oziq-ovqatlardan biridir. Bunday mazali qo‘shimcha bilan har qanday imtihon yoki loyiha himoyasi hamfikrlar bilan yoqimli suhbat kabi o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Miyani faollashtirib, aqliy unumdorlikni oshiradigan eng foydali oziq-ovqatlar