14:26 / 15.07.2023
527

Umrni 15 yilga qisqartiradi: ko‘pchilik foydali hisoblaydigan, aslida mutlaqo zararli bo‘lgan mahsulotlar

Foto: Marie Claire

Vazn yo‘qotish uchun mo‘ljallangan keng tarqalgan mahsulotlar vazningizni oshirishi va sog‘lig‘ingizni yomonlashtirishi mumkin, deb yozmoqda Marie Claire nashri.

Haddan tashqari ozg‘inlik va kuchli diyetalar sog‘lom tana va to‘g‘ri ovqatlanish modasi bilan almashtirildi. Va bu mavzu shunchalik kengki, biz har kuni yangi narsalarni o‘rganishda davom etamiz. Misol uchun, ko‘pchiligimiz qayta ishlangan oziq-ovqatlarning xavfliligini bilamiz. Bularga chipslar, tarkibidagi kakao miqdori kam bo‘lgan shokolad, gamburger va kartoshka fri kabi turli xil tez tayyorlanadigan taomlar kiradi. Biroq bu zararli ta’siri nechog‘lik ekanini o‘rganmasdan turib ko‘pchilik ular haqida biladi. Ammo ba’zi oziq-ovqatlar borki, ular hali ham sog‘lom hisoblanadi.

Bularga smuzilar, tayyor buterbrodlar va bolalar uchun yogurtlar kiradi. Britaniyalik gastroenterolog Tim Spektrning so‘zlariga ko‘ra, bu oziq-ovqatlar hatto vazn yo‘qotish uchun ham tanlanishiga qaramay, kuchli qayta ishlangan oziq-ovqatlar deb tasniflanadi. Buning sababi shundaki, agar siz ushbu mahsulotlarni do‘kondan sotib oladigan bo‘lsangiz, unda mahsulotda ko‘rinishini saqlashga yordam beradigan turli xil zararli komponentlar mavjud. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarda yaroqlilik muddati uzaytirilgan ingrediyentlardan foydalaniladi, barcha tabiiy mahsulotlar esa cheklangan saqlash muddatiga ega.

Foto: Marie Claire

Oshqozon va ichakka zarar yetkazishdan tashqari, qayta ishlangan ovqatlarning zararli ta’siri tufayli umringizni qisqartiradi.

Hayot sifatisezilarli darajadapasayadi: masalan, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini doimiy iste’mol qilishdan teringiz yomonlashadi vavazningiz ortadi.

Bu muammo haqiqatan ham dolzarbdir, chunki qayta ishlangan mahsulotlar arzon va ko‘pgina do‘kon rastalarida uchraydi. Xususan, maktablar va bolalar bo‘limlaridagi sotuv avtomatlariga tez-tez joylashtiriladigan tayyor buterbrodlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, ular to‘ydirmaydi, sababi ular tarkibida foydali komponentlar deyarli yo‘q. Natijada siz yana ovqatlanish muammosini hal qilishingiz kerak bo‘ladi, faqat endi bir necha barobar ko‘proq och qolasiz.

Foto: Marie Claire

Biroq ko‘pchiligimiz uchun qayta ishlangan ovqatdan butunlay voz kechish imkonsiz: kimdir ba’zan ovqat pishirishga vaqt topa olmaydi, kimdir odatlarini o‘zgartirishga tayyor emas va kimdir shunchaki bunga ehtiyoj sezmaydi. Shunga qaramay, diyetangizga iloji boricha tabiiy shaklda yangi meva va sabzavotlarni, shuningdek, boshqa minimal qayta ishlangan oziq-ovqatlarni kiritishingiz kerak.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Umrni 15 yilga qisqartiradi: ko‘pchilik foydali hisoblaydigan, aslida mutlaqo zararli bo‘lgan mahsulotlar