16:16 / 18.07.2023
118

Hamisha ovqatlanish istagini keltirib chiqaruvchi 9 ta eng keng tarqalgan sabab

Foto: Marie Claire

Kunning istalgan paytida sovitkich tomon yo‘nalsangiz va tarozidagi raqamlar sizni quvontirmasa, sizda savol tug‘iladi. Nima uchun doim nimadir yegingiz keladi? Ovqatlanishga bo‘lgan doimiy xohishdan xalos bo‘lishning oddiy usuli bormi?

Afsuski, sehrli tabletka yoki parhez yo‘q. Vazningiz esa faqat o‘zingizga bog‘liq. Biroq ovqatlanishni nazorat qilish va istalmagan ochlikka nima sabab bo‘lganini aniqlash kerak.

Salomatlikning buzilishi

Ehtimol, fiziologik tabiatning eng muhim sababi kasallik va gormonlar yetishmovchiligidir. Parkinson kasalligi bilan og‘rigan odamlar ovqatlanishni qanday nazorat qilishni bilishmaydi. Gipertireoz va gelmintoz kasalliklari ham ovqatlanishga bo‘lgan maylni oshiradi. Shu bois shifokorlar bilan maslahatlashish, lozim bo‘lsa ba’zi testlardan o‘tish talab etiladi. Bu vaziyatda o‘z-o‘zini tashxis qilish yordam bermaydi, faqat zarar keltiradi. Agar organizmda hamma narsa tartibda bo‘lsa, doimiy ovqatlanish istagingizning boshqa sabablarini ko‘rib chiqing.

Uyqusizlik

Agar siz sakkiz soatlik sog‘lom uyqudan voz kechgan bo‘lsangiz, unda yangi hamrohingiz — doimiy ochlikni qabul qiling. Olimlar odam uxlayotganida organizmda grelin va leptin gormonlari ishlab chiqarilishini isbotladi. Birinchisi ochlik signallari uchun, ikkinchisi — to‘yinganlik signallari uchun javobgar. 8 soatdan kam uxlasangiz, grelin darajasi oshadi va leptin kamayadi. Ovqatlanasiz, lekin to‘qlik hissi paydo bo‘lmaydi. Aksincha, grelin yana va yana yeyishga undaydi! Shuning uchun soat 22:00 yoki 23:00 dan kechiktirmasdan uyquga yoting.

Chanqoqlik

Foto: Marie Claire

Ba’zan chanqoqni ochlik bilan aralashtirib yuboramiz va shunchaki suv ichish o‘rniga nimadir yeyishni boshlaymiz. Ammo uning alomatlarini aniqlash oson! Lab qurishi va terining qichishi — bular chindan ham tashna ekaningizni bildiradi va u toza ichimlik suvi bilan bostiriladi, oziq-ovqat bilan emas. Ba’zi shifokorlar ovqatdan yarim soat oldin bir stakan suv ichishni maslahat berishadi. Bu ham ortiqcha ovqatlanish xavfini kamaytiradi.

Spirtli ichimliklar va qahvani haddan tashqari ko‘p ichish

Kuchli ichimliklar va ko‘p miqdordagi qahva organizm uchun zahardir. Bundan tashqari, ular kechki ovqat yoki bayram paytidagi ovqatlanishda nazorat tuyg‘usini susaytiradi. Odatdagidan ko‘ra ko‘proq ovqat va gazaklarni iste’mol qilganingizni eslang. Shuning uchun ertalab qahva ichishni kechiktiring va spirtli ichimliklarni qat’iy ravishda cheklang.

Shakarni ko‘p iste’mol qilish

Reklama hiyla-nayranglariga uchmang: shokolad batonchiklari ochlikni qondirishi mumkin, ammo uzoq vaqtga emas. Tom ma’noda yarim soatdan keyin siz yana ovqatlanishni xohlaysiz. Tez hazm bo‘luvchi uglevodlar shunday ishlaydi, ular energiya bilan to‘ldirishi mumkin, ammo qisqa vaqt ichida bu energiya tugaydi. Shuning uchun ushbu holatda oqilona yo‘l tuting. Murakkab uglevodlarga — avokado, pishloq, yong‘oq va urug‘larga, yogurtga ustunlik berish kerak. Nonushtani esa hech qachon o‘tkazib yubormang.

Oilaviy ovqatlanish odatlari

Agar oilangiz juda ko‘p va to‘yib ovqatlanishni yaxshi ko‘rsa va bolaligingizdan likopchangizdagi hamma ovqatni majburan yeyishga undashgan bo‘lishsa, unda bu odat siz bilan birga balog‘atga yetadi. Oilaviy an’ana va odatlarni buzish qiyin, ammo diyetani va iste’mol qilinadigan oziq-ovqat miqdorini qayta ko‘rib chiqish mumkin. Asosiysi, bunda sabr-toqat va vaqt talab etilishini yodda tutish.

Stress va hissiy siqilish

Foto: Marie Claire

Odamlar stress holatida ko‘proq ovqatlanishlari isbotlangan. Biroq hamma ham emas. Ba’zilarga stress shunchalik ta’sir qiladiki, ishtahasi butkul yo‘qoladi. Ammo ko‘pincha stress va salbiy his-tuyg‘ular saqlanib qoladi. Shokoladli keks va uch bo‘lak pitssa bunday holda man etilmaydi, aksincha, u odamni tinchlantiradi. Ammo birinchi navbatda asosiy sababni aniqlashga harakat qiling, stress va salbiy hissiyotlardan chiqib ketish yo‘llarini izlang.

Maqtov

Ba’zan Internetda bunday maslahatlarga duch kelasiz. Tanlovda g‘olib bo‘ling — o‘zingizni tort va muzqaymoq bilan siylang. Va hokazo. Ammo oziq-ovqat quvonch uchun rag‘bat va muvaffaqiyat natijasi bo‘lmasligi kerak. Bir o‘ylab ko‘ring, agar siz qandaydir g‘alabaga erishsangiz va bu muvaffaqiyatni yeguliklar bilan nishonlasangiz nima bo‘ladi. Bu noto‘g‘ri ovqatlanish va ortiqcha vaznga olib keladi.

Shunchaki zerikish va seriallar

Inson shu qadar tartibga solinganki, u uzoq vaqt zerikib o‘tirolmaydi. Bu vaqtda u o‘zini band qilish uchun biror narsaga muhtoj. Va bu narsa eng foydali emas, balki ko‘pincha oziq-ovqat bilan to‘ldiriladi. Ha, kinoteatrlar hammamizga kino tomosha qilayotganda ovqatlanish odatini o‘rgatdi. Shuning uchun uy sharoitida ham popkorn, turli yegulik va ichimliklardan iste’mol qilish mumkin. Ammo hamma narsa oddiygina hal qilinadi. Zerikishga yengishga sevimli mashg‘ulotingiz va yogurt yordam beradi, mevali foydali tvorog bilan teleko‘rsatuvlarni tomosha qilishingiz mumkin. Ovqatlanish jadvalingizga ketma-ket gazaklar kiritmasangiz, albatta.


Manba: Daryo.uz


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hamisha ovqatlanish istagini keltirib chiqaruvchi 9 ta eng keng tarqalgan sabab