17:31 / 14.08.2023
236

Baqlajonning inson organizmi uchun qanday foydali xususiyatlari bor?

Baqlajonning inson organizmi uchun qanday foydali xususiyatlari bor?

Foto: Harper's bazaar

Baqlajon ozuqalar ombori hisoblanadi. Unda C va K vitaminlari, kletchatka, marganes, kaliy, magniy, mis va hatto oz miqdorda o‘simlik oqsili bor. Bunday boy kompozitsiyaga ega bo‘lgan baqlajon past kaloriyali mahsulot hisoblanadi. Parhezga amal qilganlar uchun ushbu mahsulot ideal yechimdir.

Antioksidantlar surunkali kasallik va qarilikka qarshi kurashda eng katta yordamchilardir. Ular oksidlanish jarayonlari bilan samarali kurashadi va hujayralarni erkin radikallarning shikastlanishidan himoya qiladi. Baqlajon tarkibida antosiyanin pigmentlari bor, ular nafaqat yorqin rangga, balki kuchli antioksidant xususiyatlarga ham ega.

Baqlajon tarkibida antioksidantlarning ko‘pligi tufayli nafaqat yosharishga yordam beradi, balki yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini ham kamaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, baqlajonni muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir salomatligi uchun xavfli bo‘lgan xolesterin va triglitseridlar darajasini pasaytiradi.

Baqlajonning yana bir ajoyib xususiyati shundaki, u qondagi qand miqdorini nazorat qilishga yordam beradi. Uning darajasidagi keskin o‘zgarishlar organizm uchun juda ko‘p noxush oqibatlarga olib keladi.

Baqlajon tarkibidagi tolaning yana bir afzalligi shundaki, u ishtahani boshqarishga yordam beradi. Ovqat hazm qilish jarayonini sekinlashtirgan holda to‘yinganlik hissini sezilarli darajada uzaytiradi va ortiqcha ovqatlanish xavfini kamaytiradi, natijada vazn ortmaydi. Bundan tashqari, u oshqozon-ichak trakti salomatligi uchun juda foydali.

Keltirilgan barcha foydali xususiyatlariga qaramay baqlajon ko‘p miqdorda iste’mol qilinmasligi ham kerak. Chunki uning tarkibida alkaloid solanin bor. U tanadagi bir qancha jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatishga qodir. Solanin ichak funksiyasini buzishi, oshqozonning kislotalilik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va ba’zi neyrotransmitterlar ishlab chiqarishni taqiqlashi mumkin. Bu asab disfunksiyasiga, parasempatik asab tizimi va qalqonsimon bez faoliyatining susayishiga olib keladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Baqlajonning inson organizmi uchun qanday foydali xususiyatlari bor?