Salomatlik uchun muhim bo‘lgan D vitamini nafaqat metabolizm, balki suyaklar va miya faoliyati uchun ham foydali hisoblanadi. Uning yetishmovchiligi natijasida organizmda bir qancha kasalliklar kuzatiladi. Issiq mavsumda ushbu vitaminni quyosh nuridan olish mumkin bo‘lsa, kunlar salqinlashgani sari kunlik ehtiyojni qoplash uchun “quyosh vitamini”ga boy mahsulotlar iste’mol qilish kerak.

Qo‘ziqorin

Foto: “Yedim doma”

 100 gramm qo‘ziqorinda kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan D vitamini bo‘ladi. Shu sabab mazkur mahsulotdan taom tayyorlash, salat yoki sendvichga qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Losos

Foto: Yandex

 Losos balig‘i D vitaminining manbayi hisoblanadi. Organizmda “quyosh vitamini” me’yorda bo‘lishi uchun hafta davomida ikki marta losos iste’mol qilib turish kerak.

Tuxum

Foto: Yandex

Bir dona tuxumda 4 foiz D vitamini bo‘lgani sabab birgina uning o‘zi bilan kunlik me’yorni qoplab bo‘lmaydi, ammo qo‘shimcha sifatida iste’mol qilish mumkin. Tuxumdan tayyorlangan nonushta eng foydali variantlardan biri.

Pishloq

Foto: Yandex

100 gramm pishloqda kunlik me’yor hisoblangan D vitaminining 3 foizi mavjud. Pishloqni muntazam iste’mol qilish insultga chalinishning oldini oladi hamda yurak qon-tomirlarning salomatligini ta’minlaydi.