23:50 / 10.10.2023
163

Tishlar salomatligiga zarar yetkazadigan iste’mol mahsulotlari

Tishlar salomatligiga zarar yetkazadigan iste’mol mahsulotlari

Foto: “Noviy ochag”

Sog‘lom tishlar va chiroyli tabassum kishining husniga husn qo‘shadi. Sarg‘aygan va parvarish qilinmagan tishlar esa hatto mukammal obraz egasini ham boshqalarda ijobiy taassurot qoldirmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Tishlarning ko‘rinishi o‘zgarishiga gigiyena qoidalariga rioya qilmaslikdan tashqari, ayrim mahsulotlar iste’moli ham ta’sir qilishi mumkin. Bu kabi mahsulotlar haqida esa quyida ma’lumot berib o‘tamiz.

Sitrus mevalar

Sitrus mevalarni iste’mol qilgandan keyingi sarg‘ayishni tish yuvish pastasi ham tozalaydigan ip ham bartaraf qila olmasligi, bu borada faqat stomatolog va uning professional asbob-uskunasi yordam berishi mumkin. Sitruslar vitaminga boy ekaniga qaramay, bu kabi mahsulotlarni haddan ortiq iste’mol qilmaslik kerak — tarkibidagi kislota tish emaliga zarar yetkazib, tishlarning sarg‘ayishiga olib keladi.

Gazlangan ichimliklar

Gazlangan, shirin ichimliklar zararli kislotalar ajratadigan bakteriyalarning ko‘payishiga ta’sir qiladi. Bu esa tishlarning sarg‘ayishiga olib keladi. Qolaversa, gazlangan ichimliklar tishning ko‘rinishini o‘zgartirish bilan cheklanmay, kariyes paydo qiladi va dentin (bevosita emal ostidagi qatlam)ni shikastlaydi.

Choy

2013 yilda Britaniyaning Derbi universiteti mutaxassislarining The Telegraph nashrida choyni tish emaliga zarari haqidagi maqolasi e’lon qilingan. Unda aytilishicha, arzon paketli qora choyda suyak, xususan, tish kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ftoridlar bisyor bo‘ladi. Mikroelement organizm uchun muhim ekaniga qaramay, uni haddan ortiq miqdorda iste’mol qilmagan yaxshi. Olimlar shu sabab ham kun davomida 4 finjondan ortiq choy ichmaslik va sifati yaxshi bo‘lmaganini xarid qilmaslikni tavsiya qiladi.

Maymunjon, qorag‘at va olcha boshqa “rangli” mevalar

Antioksidantlarga boy va foydali ekaniga qaramay, bu kabi mevalar tishga turli rang berishi mumkin bo‘lgan bo‘yovchi pigmentlarni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu mevalar iste’molidan keyin tishlarda kiyimlardagi ketkazish qiyin bo‘lgan dog‘ singari yuvishning o‘zi bilan bartaraf qilib bo‘lmaydigan iz qoladi.

Vino

Qizil vino nafaqat tishlarning salomatligi, balki ko‘rinishiga ham salbiy ta’sir qiladi. Emalga oson yo‘l bilan ketkazib bo‘lmaydigan kulrang tus beradi. Oq vino esa aksincha, tish yuzasida iz qoldirmaydi, ammo emalga zarar yetkazadi. Buning hisobiga tishlar sezuvchan va mo‘rt bo‘lib qoladi hamda nosog‘lom kulrang ko‘rinishga ega bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tishlar salomatligiga zarar yetkazadigan iste’mol mahsulotlari