18:03 / 24.10.2023
221

Mustahkam sog‘lik uchun muhim bo‘lgan 5 mikroelement

Mustahkam sog‘lik uchun muhim bo‘lgan 5 mikroelement

Sovuq kunlar odatda o‘z ortidan shamollash mavsumini ham yetaklab keladi. Shu boisdan mutaxassislar kuz faslida immunitetni mustahkamlash, taomnomaga o‘ziga xos o‘zgartirishlar kiritish va organizmni turli infeksiyalardan himoyalashga yordam beradigan biologik faol moddalar qabul qilishni tavsiya etadi.

Sovuq kunlarda immun tizimini rag‘batlantirishning asosiy usullaridan biri vitaminlar va mikroelementlar qabul qilish hisoblanadi. Biologik faol moddalarni iste’mol qilishdan avval ularning tarkibida ma’lum komponentlar bor yoki yo‘q ekanligini tekshirish juda muhim. Nima uchun deysizmi?

Mavsumlar almashadigan vaqtida viruslar va infeksiyalar faol tarqaladi.

Immunitetni mustahkamlash uchun barcha mikronutriyentlar va biofaol moddalarni tokchaga terib chiqish shart emas. Immun tizimi faoliyatini rag‘batlantirish uchun bir nechta asosiy mikroelementlarni qabul qilish yetarli bo‘ladi.

D vitamini

D vitamini tanqisligi immun tizimi zanjirining barcha qismlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, D vitamini bir qator gormonlarning ishlab chiqarilishida ham muhim o‘rin tutadi va moddalar almashinuvini tartibga soladi.

A vitamini (retinol)

A vitamini teri hujayralari va shilliq qavatlarning himoya funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, hujayralar almashinuvi va qayta tiklanishini nazorat qiladi. Yog‘da eruvchi ushbu vitamin-antioksidant nafas olish a’zolarining shilliq qavatlarida sekret ishlab chiqarilishini tartibga soladi, u esa infeksiyalarga qarshilik ko‘rsatuvchi birinchi “to‘siq” hisoblanadi.

Rux

Immun tizimining me’yorida ishlashini ta’minlovchi asosiy mikroelement. Rux antioksidant himoyani oshiradi va fagositoz – organizmdagi hujayralar tomonidan begona zarralarning yutib yuborilishi jarayonini rag‘batlantiradi. Organizmga virus hujum qilganda immun tizimining unga ta’sir ko‘rsatish tezligi uchun aynan rux javob beradi. Shuningdek, uning o‘zi ham viruslarga qarshi to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.

Antioksidantlar

Ushbu moddalar hujayralarni yallig‘lanish jarayonida hosil bo‘ladigan erkin radikallardan himoya qilishga yordam beradi. A, E, C vitaminlari, selen, bioflavonoid va boshqalar aktioksidantlar sirasiga kiradi.

Natija yaxshiroq bo‘lishi uchun antioksidantlarni bir vaqtda qabul qilganingiz ma’qul, boisi ular organizmga turli usullar bilan turli darajada ta’sir ko‘rsatadi.

Lakto va bifidobakteriyalar

Ichak mikrobiotasining turli-tuman va sifatli tarkibi – salomatlik garovi sanaladi. Bu immun tizimi hujayralarining aksariyat qismi aynan ichaklarda “mashq qilishi” bilan bog‘liq. Ularning har doim faol holatda bo‘lishini ta’minlash uchun ichaklar mikroflorasi haqida qayg‘urish tavsiya etiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mustahkam sog‘lik uchun muhim bo‘lgan 5 mikroelement