date

Olimlar haftaning qaysi kunida daho farzand dunyoga kelishini aniqlashdi

Olimlar haftaning qaysi kunida daho farzand dunyoga kelishini aniqlashdi

Olimlar, shuningdek qaysi oyda iste’dodli odamlar dunyoga kelishini ham aniqlashdi. Bu haqda “Deti.mail.ru”ga asoslanib “Darakchi” nashri xabar berdi.

Markaziy aerogidrologiya instituti olimlari turli davrlarda yashab, ijod qilgan 750 nafar dahoning tarjimai holini o‘rganib, haftaning qaysi kunlarida qobiliyatli daholar tug‘ilishini tahlil qilishdi.

Tadqiqot natijalari daholar asosan seshanba kunning ikkinchi yarmida va chorshanba, shanba kunlarining birinchi yarmida dunyoga kelish ehtimoli yuqoriligini ko‘rsatdi.

Seshanbaning ikkinchi yarmida Ayvazovskiy, Bayron, Gagarin, Mosart, Raxmaninov, Lev Tolstoy, Charli Chaplin, chorshanbaning birinchi yarmida Balzak, Kuprin, Ekaterina II, Petr I, Mayakovskiy, Nisshe va boshqalar tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga qaraganda fevral oyida ham qobiliyatli va aqlli farzandlar dunyoga kelar ekan. Ular bu holatni insonning aqliy salohiyatiga jiddiy ta’sir qiladigan quyoshning faolligi bilan bog‘lashdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Olimlar haftaning qaysi kunida daho farzand dunyoga kelishini aniqlashdi

Ko'p o'qilgan Foydali yangiliklari