13:13 / 23.02.2024
91

Kundalik hayotda ko‘p foydalaniladigan zararli vositalar

Kundalik hayotda ko‘p foydalaniladigan zararli vositalar
Foto: Pinterest
Do‘kon javonlari har xil maishiy kimyoviy vositalarga to‘la. Ular doimiy ishlatiladigan ro‘zg‘or buyumlari ro‘yxatidan o‘z o‘rnini egallab ulgurgan. Biroq bunday vositalarning barchasi ishlab chiqaruvchilar ta’kidlaydigan darajada zarur emas. Quyida samarasiz ro‘zg‘or buyumlari haqida ma’lumot beramiz.

Qog‘oz sochiq

Sellyulozadan ishlab chiqariladigan qog‘oz sochiqlar 1930 yilda ixtiro qilingan. Bunday sochiqni ko‘pincha nam salfetkalar bilan birga xarid qilishga odatlanganmiz. Qog‘oz sochiqlar boshqa sellyulozadan ishlab chiqarilgan mahsulotlardan farq qilmaydi, ammo do‘konlarda unga nisbatan baland narx qo‘yiladi. Sellyulozali sochiqlar o‘rniga paxta tolali tekstil mahsulotlaridan foydalanish arzonroq bo‘ladi.

Havoni xushbo‘ylantiruvchi sprey

Havo spreylari yoqimsiz hidni bartaraf etmaydi, ular shunchaki kuchli ifor beradi. Bunday vositalar tarkibidagi kimyoviy moddalar salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Chunki havoni xushbo‘ylantiruvchi spreylar allergiya, nafas olishning qiyinlashuvi va boshqa muammolarni keltirib chiqaradigan uchib yuruvchi organik birikmalar manbaidir. Uydagi yoqimsiz hidni bartaraf etish uchun xonani shamollatish, axlatni tashqariga olib chiqish, muzlatkichni muddati o‘tgan mahsulotlardan tozalash kerak. Shundan so‘ng xonadoningizga shunchaki maxsus hid berishi uchun havo spreyidan foydalanishingiz mumkin.

Antibakterial nam salfetkalar

Nam salfetkalardan biror narsani tozalash uchun foydalanganda undagi bakteriyalarni atrofga tarqatib yuboramiz. Ular bilan qo‘llarni yaxshi tozalashning ham iloji yo‘q. Qolaversa, salfetkalar ortidan predmet yuzasida sovun izi va chiziqlar qoladi.

Pech uchun tozalash vositalari

Kundalik hayotda biz pech va turli oshxona texnikalarini tozalashda kuchli ishqorli vositalardan foydalanamiz va aksariyat holatlarda niqob va qo‘lqop kiymaymiz. Pechni tozalovchi vositalar tarkibidagi natriy gidroksid moddasi ko‘z va teri uchun xavfli. Ularning qoldiqlari pech kelgusida ishlatilganda havoga ko‘tariladi va taomni zararlaydi. Pechni zararsiz tozalash uchun vodorod peroksidi va iste’mol sodasidan foydalanish mumkin.

Sariyog‘ uchun pichoq

Plastikdan yasalgan pichoq bilan sariyog‘ni kesish mushkul, uning o‘rniga odatiy sabzavot uchun ishlatiladigan pichoq kifoya qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kundalik hayotda ko‘p foydalaniladigan zararli vositalar