Havo haroratining pasayishi tana haroratiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Bunday sharoitda kaloriyaga boy, foydali mahsulotlar iste’moliga e’tibor berish zarur, deb yozadi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
“Sovuqda qon tomirlarimizda keskin torayish kuzatiladi. Issiq xonaga kirganda esa ular kengayadi. Bu insonlarda qon bosimi oshishiga sabab bo‘lishi mumkin”, - deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Nizom Ermatov.
Ta’kidlanishicha, kartoshka qon tomirlarining holatini yaxshilashga yordam bera oladi. Uning tarkibidagi kaliy qon tomirlarining devorlarini elastik qiladi, qon aylanishini yaxshilab, bosimni barqarorlashtiradi.
Ildizmevali sabzavotlar va yog‘li go‘sht solingan qaynatilgan sho‘rva qishda, ayniqsa, foydali. Bunday sabzavotlarda uglevodlar ko‘p bo‘lib, qishning sovuq kunlarida boshqa sabzavotlarga qaraganda organizmga ko‘proq energiya beradi.
- Sabzavotlardan piyoz antioksidant sifatida ham muhim ahamiyatga ega.
- Lavlagi va uning sharbati ham foydali vitaminlar va minerallarga boy bo‘lgan mahsulot hisoblanadi.
- Nonda juda ko‘p B vitaminlari mavjud, ya’ni ular asab tizimining silliq ishlashi va sog‘lom uyqu uchun javobgar.
- S vitamini organizmda oqsillar va serotonin moddalarini o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Sitrus mevalar va ularning sharbatlari salqin mahsulot bo‘lsa-da, ulardan tayyorlangan murabbo, qiyom va marmeladlar S vitaminiga boy issiq mahsulot hisoblanadi.
- Limonning me’yordagi iste’moli kasallikni haydashda muhim o‘rin tutadi.
- Yog‘ kislotalari yurak-qon tomir va asab tizimini mustahkamlaydi va kayfiyatga ta’sir qiladi. Ushbu moddalar yong‘oq, zig‘ir va bir qator dukkakli ekinlarda ko‘p miqdorda mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi