
OTALAR HAQIDA
▪️ Ota xonadonga tashrif buyurganda o‘rindan turib, joy bo‘shatish lozim.
▪️ Ota bilan ketayotganda uning iznisiz undan oldin yurmaslik kerak.
▪️ Ota farzand uchun biron narsa meros qoldirmasa ham, undan nomus qilinmaydi.
▪️ Ota bor uyda o‘ylanishga va maslahat solishga muhtoj bo‘linmaydi.
▪️ Ota yonida yoki u kirib kelganda yonboshlab yotilmaydi.
▪️ Ota uyda yo‘q bo‘lib qolingan o‘rinda iste’mol qilingan narsalardan alohida uning uchun olib qo‘yilishi fazilatdir.
▪️ Mansabli shaxs bo‘lsang ham otang chaqirganda otingdan tushib, oldida hozir bo‘lishga shoshil! Sen ish ustida mansablisan, otang qoshida emas!
▪️ Otangning yonidagi solih kishilarga nisbatan samimiy bo‘lgin, agar otang vafot topib ketsa o‘shalar bilan muomala-munosabatlaringni uzma!
ONALAR HAQIDA
▪️ Hadyani avval onaga, so‘ng otaga berilishi mahbubdir.
▪️ Hayot bo‘lsalar ham, vafot topib ketgan bo‘lsalar ham ularning haqlariga doimo duoda bo‘lmoq zarur.
▪️ Onalarning yuzlariga tushgan ajinlar, qo‘llarining qadoqlari – sen va aka-ukalaring, opa-singillaring sababli ekanligini bilgin!
▪️ Senga bergan oq suti lutfu – xursandlik bilandir, ammo sening unga bergan taoming ba’zida minnatli va ozorlidir. Shuning uchun bergan har-bir luqmang lutfli bo‘lishi uchun kamtarin bo‘l, kamtarin bo‘l!
▪️ Unga sen har kuni ko‘rinish ber, chunki uning seni ko‘rishi sening unga ming lagan xum tillolar tuhfa qilganingdan ortiqroqdir.
▪️ Hayit kunlari bag‘ringga bosib, uni quchgin! U seni har kuni quchib, bo‘ylaringdan to‘yib-to‘yib zavq olganini esingdan chiqarma!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar