12:52 / 06.09.2016
12 926

Liftda ochilgan sir (muhabbat bekati)

Liftda ochilgan sir (muhabbat bekati)

— Uff, yana shu bola bilan to‘qnash keldim-a, — Zebo hamkasbi Shuhratni ko‘rganida negadir jahli chiqib ketardi. Garchi ular ishlaydigan korxonada ko‘p qizlar bu yigitga havas bilan qarashsada, Zebo uni ko‘rganida nimagadir o‘zini olib qochardi. Doim dazmollangan kostyum shim, bo‘yinbog‘da yuradigan, gapirganida viqor bilan so‘zlaydigan bu yigit, shu korxonada hisobchi yordamchisi. Zebo esa kompyuterda matn teruvchi bo‘lib ishlardi. Korxona noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanar, o‘n qavatli binoda asosan yoshlar ishlar edi. Xullas, Zebo nimaga Shuhratni yoqtirmasligini o‘zi ham bilmaydi, lekin ko‘rib qolsa salom ham bermay teskari qarab oladi. Ishxonadagi qizlar esa nuqul shu yigitni g‘iybat qilishgani qilishgan.U qizlarni ko‘p aldaydi, o‘tgan hafta uni Zilola bilan ko‘rishgan ekan, bu hafta Hilola bilan ko‘rishibdi. Bugun esa Zebo ishga kech qoldi-yu, shoshilib liftga o‘zini urdi. Liftga chiqayotganida ko‘rdi, Shuhrat uning uchun liftni atay ushlab turibdi.

-Ha, Azimxonova, ishga kech keldingiz-a?

-Assalomu alaykum, shunaqa bo‘lib qoldi.

-Shunaqa bo‘lib qolmadi, siz kecha ham kech kelgansiz.

-Sizga nima siz menga boshliqmisiz? — Zebo qizara boshladi.

-Nasib qilsa boshliq ham bo‘lamiz.- Yigit ishonch bilan gapirdi.

-Hech qachon. Juda kech qolganimga jahlingiz chiqsa mukofot pulidan olib qolarsiz.

-Mukofot pulinimas-u, yaxshilab xushomad qilsangiz o‘zingizni olishimiz mumkin.

-Tavba. Nimasiga xushomad qilarkanman? Bo‘yinbog‘ini qaranglar,- qiz endi eshittirib gapirdi. Lift aytilgan qavatga chiqdiyu, lekin eshik ochilmadi.

-Chiroq o‘chdi, endi menga xushomad qilishga bemalol vaqtingiz etadi.- yigit qiz o‘ylaganidan ham surbetroq ekan.

Zebo qo‘rqib ketdi, chiroq qachon keladiyu, qachon bu erdan chiqadi.

-Qo‘rqmang, men sizga muxabbat izhor qilmayman.- yigit jiddiy gapirdi.

-Voy men sizga biror narsa dedim-mi?

-Ha endi, o‘zingizcha liftdan chiqqandan keyin hamkasb qizlarga Shuhrat akamga men yoqarkanman deb yurmangda.

-Bo‘ldi haddingizdan oshmang.- Zebo jahli chiqqanini bildirib qo‘yish uchun jahl bilan gapirdi.

-Jahl qilsangiz yanayam chiroyli bo‘lib ketarkansiz. Bitta savolimga javob bering shunda boshqa gapirmayman. Nimaga siz mendan o‘zingizni olib qochasiz, bu menga befarq emasligingizdanmi yoki yomon ko‘rganingizdanmi?

-Nimaga olib qocharkanman, hechamda. Keyin kim aytdi sizga befarq emas deb. Meni siz bilan umuman ishim yo‘q.

-Bo‘lmasa nimaga ko‘zimga tik qarab gapirolmaysiz? Men qizlarni yaxshi bilaman. Hamkasb qizlaringiz men haqimda nima deyishlarini ham bilaman. Zilolani aldab keyin Hilolani aldayapti deyapsizlar-a?

Zebo yigitning topib gapirganidan kulib yubordi.-Voy kim aytdi sizga?

-Boshqalar bilmasayam siz bilib qo‘ying, men aldamayman. Qizlarning o‘zlari aldanishni hohlashadi. Ular yolg‘onni yaxshi ko‘rishsa, men nimayam qilolardim. Zilolangiz ham Hilolangiz ham mening didimga umuman o‘tirmaydi. O‘zlari xat yozavergach, xafa bo‘lishmasin deb, men ham javob yozdim xolos.

-Hmm, Zebo nimagadir xursand bo‘lib ketdi.- Yigit suhbatlari qovushayotganidan xursand qiz ham endi erkinroq suhbatlasha boshladi.

-Bilasizmi Zebo, ko‘p kuzatganman. Dugonalaringiz ko‘p yolg‘on gapirib ruxsat so‘rashadi-da, keyin ko‘chada kim bilandir uchrashishadi. Keyin ishxonada telefonda gaplashishni yaxshi ko‘radigan kun bo‘yi internet tarmog‘idan bo‘shamaydigan ishchilarimiz ham bor. Lekin sizning yoningizga kimdir kelganini hech ko‘rmadim. Nima yigitingiz yo‘qmi?

-Nimaga ekan bor, shunchaki men hammaga ko‘z-ko‘z qilishni yomon ko‘raman.

-Siz yolg‘on gapirishni uddalay olmaysiz. Agar rostini aytmasangiz, bu qal’adan chiqqandan keyin Zeboni o‘pib oldim deb gap tarqataman.

-Ahmoq, bezbet men o‘ylagandan ham betgachopar ekansizk-u?

-Yaxshisi, sizdan boshqani o‘ylamaganman deb rostini aytib qo‘yavering.

Yigit ham qiz ham bu tortishuvlar ularning qalbidagi sirlarini oshkor qilib qo‘yayotganini sezmay gap tashlashda davom etishardi.Oyog‘ingiz og‘rib qolgandir yigit cho‘ntagidan ro‘molcha olib erga soldida o‘tiring deb iltifot qildi. Bu sharoitda bundan ortig‘iga kuchim etmaydi. To‘ydan keyin mayli ko‘tarib olaman.

-O‘tiravering, menga rahmingiz kelmasin.

O‘tiraman ham. Yigit ortiqcha takalluf qilmay o‘tirib oldi. Zebo haqiqatdan ham charchagandi. Noiloj liftning ikkinchi burchagiga ro‘molcha solib o‘tirdi.

-Qorin ham ochdi. Sizda mabodo non pon yo‘qmi yigit qizning sumkasiga termulib qararkan Zebo beixtiyor kulib yubordi.

-Bor, bor mana. U sumkachasidagi buterbrodlarni olib birini yigitga uzatdi.

-Shu qizlarning sumkasiga rosa qiziqamanda qani beringchi nimalar bor?

-Yo‘q, bu mening shaxsiy buyumlarim. Sizga qiziq narsa yo‘q bu erda.

-Ha, ta’qiqlangan narsa qiziq degan gap eshitmaganmisiz? Shuhrat qizning sumkachasini tortayotgandi Zebo jon holatda sumkaga yopishdi. Lekin yigit bu vaqtda sumka ichidagi yondaftardan tushgan o‘zining suratini ko‘rishga ulgurdi. Zebo esa uyatdan qip- qizarib ketdi. U sumkaga qo‘shilib o‘zining siri ochilganidan uyalib ketdi.

-Ana liftdagi qahramonlar ish vaqtida ovqatlanib o‘tirishibdi- lift ochilib ularni hamkasblari Anvar aka kulib qarshi oldi. Boyadan beri yopiq turgan eshik esa ikki dil qulfiga kalit bo‘lib ularning ko‘ngillaridagi ardoqlagan sirlarini ochgandi.

Zuhra RO‘ZIEVA

Manba: diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Liftda ochilgan sir (muhabbat bekati)