14:30 / 07.09.2016
28 429

TEST: Siz daraxtning qaeridasiz?

TEST: Siz daraxtning qaeridasiz?

Ushbu testning asoschisi britaniyalik psixolog Pip Uilson hisoblanadi. Dastlab bu test maktab o‘quvchilari uchun qo‘llanilgan edi. U tez kunlarda katta yoshlilar uchun ham qo‘llanish mumkinligi huquqini ham qo‘lga kiritdi. Mazkur test insonning hozirgi va kelajakdagi moddiy va ruhiy holatini aks ettiradi.
Siz mazkur rasmdagi odamlar shaklini kuzatishingiz mumkin. Rasmdagi odamlarning turli xildagi emosional va jismoniy holatini ko‘rib chiqing. Endi ulardan bir nechtasini tanlashingiz, ushbu tanlovingiz asosida o‘zingizning hozirgi damdagi holatingiz hamda kelgusida o‘zingizni qanday holda ko‘rishni xohlashingiz haqida bilib olishingiz mumkin.

Test natijalari:

1, 3, 6, 7 raqamlarni tanlagan bo‘lsangiz: Siz maqsad sari intiluvchan insonsiz. Siz xato qilishdan qo‘rqmaysiz va xohlagan narsangizga erishish yo‘lidagi har qanday qiyinchiliklarni engib o‘tishga qodirsiz.

4 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz hayotiy pozisiyasini o‘zgartirmaydigan va matonatli insonsiz. Siz kam sonli harakatlar bilan ko‘p miqdordagi omadga erishishingiz mumkin.

2, 11, 12, 18, 19 raqamlarni tanlagan bo‘lsangiz: Siz barcha bilan chiqishib keta oladigan va kirishimli insonsiz. Har qanday vaqtda yaqinlaringizni qo‘llab-quvvatlaysiz, ularga yordam qo‘lini cho‘zasiz.

5 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Sizning qalbingiz xuddi tanangiz singari juda ham charchagan, hayotiy zahira kuchlaringiz kamayib bormoqda.

9 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz - quvnoq, ko‘ngil ochishni xush ko‘radigan va yolg‘izlikni yoki zerikishni bilmaydigan insonsiz.

13 va 21 raqamlarni tanlagan bo‘lsangiz: Siz "ichimdagini top" deydigan va hatto eng kichik ko‘ngilsizliklarni ham yurakka yaqin oladigan insonsiz. Siz odamlar bilan muloqot qilishdan qochasiz.

8 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz yolg‘izlikni sevasiz, o‘zligingizga, o‘z shaxsiy dunyongizga ketishni xohlaysiz.

10 va 15 raqamlarini tanlagan bo‘lsangiz:Siz har qanday holatga oson moslasha olasiz, o‘zingizni qoniqtiradigan hayotiy o‘ringa egasiz, shuningdek ruhiy jihatdan ham baquvvatsiz.

14 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz emosional jihatdan xotirjam emassiz va ichki qarama-qarshiliklarni engishga kuch sarflamoqdasiz.

20 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz o‘ziga juda ham yuqori baho beradigan insonsiz. Siz etakchilik xususiyatiga egasiz va o‘zingizni fikringizdan boshqasini qabul qilishni xohlamaysiz .

16 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz har doim boshqa odamlarni qo‘llab-quvvatlashdan charchagansiz, agar e’tibor bergan bo‘lsangiz.

17 raqamiga e’tibor bergan bo‘lsangiz:Siz yaqinlaringiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqdasiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » TEST: Siz daraxtning qaeridasiz?