QO‘Y. Bu burj vakilining rangi och yashil va sariqdir. Qo‘ylardagi
qahramonlik ko‘rsatishga bo‘lgan cheksiz intilish, ba’zan me’yor
chegarasidan ancha chetga chiqib ketadi. Bu ranglar esa ularga
muvozanatda turishga ko‘mak beradi.
BUZOQlarning rangi sariq-yashil bo‘lib, bu burj vakillarining fe’l-
atvorini o‘zida namoyon etadi. Buzoqlar yoqimtoy, xotirjam, dilkash
insonlar bo‘lib, ayni damda biroz sustkashlik ham ularga xosdir.
EGIZAKLARning rangi siyohrang, kulrang, yorqin sariqdir. Siyohrang
sirli rang sanalib, u o‘z o‘zgaruvchanligi, fe’l-atvoridagi
ikkilanuvchanligi bilan mashhur bo‘lgan Egizaklarga juda mosdir.
Kulrang esa mushohadakor insonlar rangi sanaladi. Yorqin sariq esa
tushkunlikka tushib qolgan Egizaklarga yana hayot quvonchiga ega bo‘lishga
yordam beradi.
QISQIChBAQAning rangi oq va ko‘kdir. Bu ranglar unga chegarasizlik
hissini berib, bu burj vakillarining tuyg‘ularga beriluvchanligiga
ishora qiladi.
ARSLONlar to‘q qizil, qizil, qora, tilla, to‘q sariq ranglarni
yoqtirishadi. Bu ranglar qat’iyatli va hammani o‘z amriga
bo‘ysundirishni istovchi arslonlar fe’l-atvori uchun ayni
muddaodir.
PARIZODlar oq, ko‘k, siyohrang, yashil ranglarni yoqtirishadi, bu
ranglar ular fe’l-atvorining murakkabligini o‘zida akslantiradi.
Oq — bu burj vakillariga xos bo‘lgan saranjomlikni bildirsa, yashil —
ulardagi o‘ziga xos betgachoparlikni anglatadi. Siyohrang esa bu burj
vakillarida yashirin qobiliyat borligiga ishora beradi.
TAROZIlarning rangi to‘q ko‘k, yashil, dengiz to‘lqini rangidir. Bu
bejiz emas, chunki Tarozilar havo belgisi sanalib, bu ranglarning
har biri cheksiz-chegarasiz havo hududini anglatadi.
ChAYoNlar anor, to‘q qizil, malina, sariq ranglarga ishqiboz
sanalishadi. Qizilning barcha tus-turlariga befarq bo‘lmagan
Chayonlar hayotda mustaqillikka intiluvchi va serharakat bo‘lishadi.
Sariq rang esa ularning kirishuvchanlik fazilatlari bilan
bog‘liqdir.
O‘QOTARlar ko‘k, zangori, siyohrang, to‘q qizil ranglarga befarq
emaslar. Ko‘kning turli ko‘rinishlari O‘qotarning xotirjam fe’l-
atvoriga juda mos keladi. Bundan tashqari, bu rang ushbu burj
vakillariga xos bo‘lgan kamtarlik va kishilar bilan muloqotga
kirisha olish fazilatini ham anglatadi.
TOG‘ EChKISIga to‘q yashil, qora, ko‘k, kulrang, och sariq hamda boshqa
barcha to‘q rangdagi ranglar xosdir. Ko‘pincha bu Tog‘ echkilarining
osmoniy hislarga mubtalo bo‘lmay, oyoqlari bilan erda mahkam
turishlari bilan bog‘lanadi.
QOVG‘Alarning rangi ko‘k, oqdir, chunki bu tuslar osmon timsoliga
yaqin. Bundan tashqari, ko‘k rang bu burj vakillarining ba’zi bir
pallalarda o‘ta og‘ir-bosiq bo‘la olishlarini ham anglatadi.
BALIQlar dengiz o‘tlari rangi, zangori, po‘lat, dengiz to‘lqini
ranglarini yoqtirishadi. Bu tuslar Baliqlarga suvni eslatib turadi.
Manba: Diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ekspert Putinning videomurojaatidagi g‘alati narsani payqadi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi