Ko‘plab insonlar o‘zi sevgan mashhurlarning fikri, ularning hayot tarzi va maslahatlariga amal qiladi, yoqtirgan aktyori tavsiyalaridan kelib chiqib, turli buyumlar sotib oladi, joylarga tashrif buyuradi. Bugungi maqolada biz taniqli insonlarning qanday turdagi adabiyotga qiziqishi haqida ma’lumot berishga qaror qildik. Quyida mashhur insonlarning hayotini o‘zgartirib yuborgan va ularning sevimli asariga aylangan beshta sevimli kitobini ko‘rib chiqamiz.
Keyt Moss — “Go‘zallar va halokatga mahkumlar”, Frensis Skott Fitsjerald
Foto: BBC
Amerikalik yozuvchining yigirmanchi yillarga mansub “yo‘qotilgan avlodi” haqidagi asardir. Roman syujetiga ko‘ra, jazz davrida badavlat insonlar farzandlari gedonizm — huzur-halovatga, lazzatlanishga intilish insonning oliy maqsadi deb hisoblovchi axloqiy ta’limotga amal qiladi. Ular eng yaxshi restoranlarda ovqatlanadi, nufuzli uylarni ijaraga oladi va Nyu Yorkda eng yaxshi kunlarini o‘tkazadi. Biroq maqsadsiz hayot ularga baxt keltirmaydi.
Natali Portman — “Bulutli atlas”, Devid Mitchell
Foto: Variety
19-asr o‘rtalariga mansub notarius, 20-asr boshidagi yosh yevropalik bastakor, 70 yillarda yashovchi Kaliforniyalik jurnalist, hozirgi zamondagi nashriyot ishchisi hamda kelajakdagi Koreyada yashayotgan masxaraboz-xizmatkorlarni nima birlashtiradi? Spoyler: ularni kometa shaklidagi tug‘ma dog‘ va hayotga bo‘lgan ishtiyoq birlashtiradi.
Zoi Saldana — “Alkimyogar”, Paulo Koelyo
Foto: Wikipedia
Asar to‘qima obraz cho‘pon bola Santyago va uning sayohati haqida ketadi. Yozuvchi o‘z fikrlarini asar obrazlarining o‘zaro suhbatlari orqali tasvirlaydi. “Siz haqiqatan ham biror narsani xohlasangiz, butun olam sizning xohishingizni amalga oshirishga yordam beradi” deb yozadi muallif. Uning fikricha, kitob ramziy ma’nolarga boy, ammo hayotida mazmunini yo‘qotganlar uchun ideal asar hisoblanadi.
Riz Uizerspun — “Yovvoyi. Xavfli sayohat ѳ’zlikni anglashning bir yo‘li sifatida”, Sheril Strayed
Foto: The Hollywood Reporter
Ruhiy og‘riq ba’zan jismoniy og‘riqdan ko‘ra kuchliroq zarba beradi. Bosh qahramon buni avvaldan biladi. Onasidan ayrilib, nikohidan ajrashib, zolim erdan ketgan qahramon 1770 kilometr yo‘lni piyoda bosib o‘tadi. Qo‘rquvini yenggan ayolning hikoyasi sizni hayotga boshqa ko‘zlar bilan boqishga ilhomlantiradi.
Anjelina Joli — “Drakula”, Brem Stoker
Foto: CNN
Roman Drakula tomonidan asirga olingan londonlik advokatning kundaligidir. Bosh qahramon ko‘chmas mulkni sotish uchun Transilvaniyadagi graflik qasriga boradi, ammo voqealar rivoji kutilmaganda keskin o‘zgarib ketadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi