Ona tabiat in’omi hisoblangan mevalarning turlari ko‘p. Ular inson organizmi uchun zarur bo‘lgan turli vitaminlarni o‘zida jamlagan. Shular qatori kuz faslida ayniqsa foydali vitaminlarga boy mevalar, jumladan behi yetiladi. Ushbu ajoyib mevadan xalq tabobati va kosmetologiyadan ham foydalaniladi.
Foto: Theday.ru
Behining foydali xususiyatlari
Ushbu meva tarkibidagi antioksidantlar ichaklarni davolaydi, vitamin va minerallar homilador ayollarga toksikozni yengishga yordam beradi.
Behi shakarga, shuningdek, pektin va efir moylariga boy, uning po‘stida enantik-etil va pelargonik-etil efirlari mavjud, shuning uchun behi o‘zidan ajoyib hi taratadi. Ushbu meva tarkibidagi temir miqdori insonning kundalik ehtiyojidan ortiq bo‘lib, u mis va turli mikroelementning organizmga so‘rilishiga yordam beradi. Behi mevasida vitamini ham serob.
Behining tabobatda qo‘llanilishi
Behi kamqonlik va oshqozon-ichak kasalliklari bilan og‘riganlar, shuningdek, jigar kasalliklariga chalingan bemorlarga tavsiya etiladi. Behi mevasi vitamin-minerallar kompleksiga va tabiiy energiya manbasiga muhtoj bo‘lgan homilador ayollar, onalar va keksa odamlar uchun juda muhim mahsulotdir. Bundan tashqari, behi peshob haydovchi ta’sirga ega,shuning uchun u buyrak xastaligiga chalingan odamlar uchun foydalidir.
Nutritsiologlar aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan yoki og‘ir jismoniy ishda faoliyat yuritadiganlarga har kuni behi mevasini iste’mol qilishni tavsiya qiladi.
Foto: Theday.ru
Sharqda behi teri kasalliklarini davolashda ham keng qo‘llaniladi. Behi qaynatmasi kuyish, dermatit va mahalliy yallig‘lanish uchun kompresslar qilishda ishlatiladi. Bunday kompresslar iliq holda qo‘yilishiga e’tibor berish lozim.
Behi damlamasi va kompotlari ko‘kyo‘tal va bronxit kasalliklarida yordam beradi, u balg‘amni ko‘chiradi va tomoqdagi og‘riqni yumshatadi.
Behidan qanday taomlar tayyorlash mumkin?
Sharqda behi ham xom, ham pishgan holda iste’mol qilinadi. qovurilgan behi go‘shtli taomlar bilan birga dasturxonga tortiladi, Behida turli souslar, pyure, jele, marmelad tayyorlash mumkin.
Mol go‘shtiga behi bo‘laklarini solib qovurilsa, taom o‘zgacha ta’mga ega bo‘ladi. Bunda turli ziravor va ko‘katlardan ham foydalanish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi