Germaniyada Gitlerni ulug‘lagan niderlandiyalik 8 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

Dunyo1 daqiqa o'qish14
Germaniyada Gitlerni ulug‘lagan niderlandiyalik 8 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

Germaniyaning Myunster shahrida 59 yoshli niderlandiyalik Stefan Viykamp Adolf Gitlerni omma oldida ulug‘lagani va nafrat qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi. Sud unga 8 oylik shartli qamoq jazosi tayinladi.

WDR xabariga ko‘ra, voqea 2025 yil 19 iyul kuni Myunster shahrida o‘tkazilgan o‘ta o‘ngchilar namoyishi vaqtida yuz bergan. Viykamp namoyish doirasida YouTube kanaliga bergan intervyusida Adolf Gitlerni «daho» va «dunyoda tengi yo‘q mo‘jiza» deb atagan. Shuningdek, u «Mening Germaniyaga bo‘lgan muhabbatim — Adolf Gitler», degan mazmunda fikr bildirgan.

2026 yil 27 noyabr kuni Myunster sudi uni nafrat qo‘zg‘atishda aybdor deb topib, 8 oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Jazo 3 yil muddatga shartli ravishda to‘xtatildi. Bundan tashqari, u Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerining davlat xazinasiga 1 000 yevro to‘lashi va sud xarajatlarini qoplashi belgilandi.

Sudya Viykampning omma oldidagi bayonotlari natsistlar rejimi qurbonlarining qadr-qimmatini jiddiy tahqirlagani va jamoat tinchligini buzganini ta’kidladi.

Viykamp sudda ham Gitlerga bo‘lgan hayratini yashirmagan va o‘z fikrlarini so‘z erkinligi bilan himoyalashga uringan. Himoya tomoni oqlov hukmini so‘ragan, biroq sud bu vajni rad etgan.

Niderlandiyaning NOS davlat teleradiokompaniyasi xabariga ko‘ra, Viykamp sud qarori ustidan shikoyat berishni rejalashtirmoqda. Shu sababli hukm hali qonuniy kuchga kirmagan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?