Sergey Fomin va Aleksey Krutix «Chellendjer» g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin va ukrainalik Aleksey Krutix «Chellendjer Xersonissos-4» turnirining juftlik bahslarida g‘olib chiqdi. Ular finalda italiyalik Janluka Kadenasso va Yakopo Vazamini mag‘lub etdi, deb xabar beradi UzDaily.uz.
Final uchrashuvi 3:6, 6:1, 10:5 hisobida yakunlandi. Fomin va Krutix birinchi setni raqiblariga boy berdi. Biroq ikkinchi setda vaziyatni o‘zgartirib, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi tay-breykda ham ustunlikni saqlab qolgan juftlik 10:5 hisobida g‘alaba bilan turnirni yakunladi.
Bu natija Sergey Fomin uchun «Chellendjer» turkumidagi musobaqalarning juftlik bahsidagi g‘alabasi bo‘ldi.
Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…