12:39 / 15.10.2016
7 376

Stiven Kingning hayotiy o‘gitlari

Stiven Kingning hayotiy o‘gitlari

U tirik afsona, “dahshatlar qiroli”, mistika ustasi va mashhur yozuvchi. U o‘zidagi salbiy xususiyatlarni enga olgan va quyidan yuqoriga chiqa olgan inson. Bir so‘z bilan aytganda, insonni yorug‘likka etaklash yo‘llarini inson ruhiyatining qorong‘u tubini tadqiq qilgan Stiven Kingchalik hech kim bilmaydi.

Agarda hayotda sizni zulmat ta’qib qila boshlasa, Stiven Kingning maslahatlarini yodga oling.

Yashashning yagona yo‘li — yashashdir. Qo‘lingizdan kelmasa-da, “Buni uddalay olaman”, deng.

Hech kimni yaxshi ko‘rish qo‘lingizdan kelmasa, hech bo‘lmasa hech kimga ozor bermaslikka urining.

Sayyoramiz aylanib turadi, buni bilasiz. U bilan birga aylanish mumkin yoki biror narsaga tirmashib qarshilik qilish mumkin, biroq u holda oyog‘ingiz toyib yiqilasiz.

Istaysizmi-yo‘qmi, vaqt hamma narsaga davo. Vaqt hamma narsani davolaydi, hamma narsani olib ketib, bizga zulmatnigina qoldiradi. Ba’zan bu zulmatda kimnidir topamiz, ba’zan esa yo‘qotamiz.

Agar yolg‘iz bo‘lsangiz, bu sizning telbaligingizni anglatmaydi.

Hammaning og‘ir kunda xayol va tuyg‘ularini qaziydigan belkuragi bo‘ladi. Bu belkurakdan qutuling. Aks holda siz qazigan chuqurlik ongingizning tub-tubiga etib boradi va tunlari bu chohdan murdalar chiqa boshlaydi.

Odamlar qo‘llaridan ko‘p narsa kelmaydi deb o‘ylashadi, biroq ilojsiz holga tushganlarida ko‘plab narsalar qo‘lidan kelishini fahmlab qolishadi.

O‘tmishga shafqatsizlik va xotirjamlik bilan munosabatda bo‘lish darkor. O‘tgan narsa o‘tib ketdi. Biz uchun o‘tmishdan keyingi hayotimiz muhimroq.

Ahmoq bilan suhbatlashishning yo‘li uni inkor etishdir.

Hamma narsani yo‘qotibgina erkinlikka erishamiz.

Har qanday tilda yangraydigan eng chiroyli so‘z “Kechirdim” degan so‘zdir.

Tilak tilashda ehtiyot bo‘ling, chunki tilagingiz ijobat bo‘lishi mumkin.

Agar o‘z g‘azabingizni jilovlamasangiz, g‘azabingiz sizni jilovlab olishi mumkin.

Inson o‘zgarishdan, his qilishdan, sevishdan to‘xtasa, o‘ladi.

Biz har bir kunimizni kurash bilan o‘tkazish uchun yashaymiz.

Omad faqat ahmoqlar uchun. Ular omaddan boshqa hech narsaga umid qilishmaydi.

Umid zo‘r narsa. U aslo o‘lmaydi.

Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ichingizdagi alamni to‘kish uchun albatta yig‘lashingiz shart bo‘ladi.

Bizda bir xususiyat bor: istagan narsamizga erishganimizdan keyin ham undan yaxshirog‘iga erishish mumkin edi deb o‘ylaymiz.

Yaxshi narsaga umid qiling va yomonini kuting.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Stiven Kingning hayotiy o‘gitlari