© Sputnik / Ilya Naymushin
Qishda terimiz ayniqsa himoyasiz boʻladi — uning holati quruq havo, past harorat va ifloslanish sababli yomonlashadi. Sputnik Oʻzbekiston toshkentlik shifokor-kosmetolog-onkolog Sibel Rizayevaga qish davrida terini toʻgʻri parvarish qilish borasida savollar bilan yuzlandi.
- Sovuq mavsumda va havoning ifloslanish darajasi oshishi bilan yuzaga keladigan asosiy teri muammolari qaysilar?
- Birinchi narsa quruqlik. Shu sababli teri ta'sirchanligi oshishi mumkin. Bundan tashqari, havo ifloslanish darajasi ham terining moddalar almashinuvining etishmasligiga olib kelishi mumkin: u toksinlarni toʻplay boshlaydi, chunki ulardan xalos boʻlishga ulgurmaydi. Shu sababdan, qurish, ta'sirchanlik va tez qarish kuzatiladi. Turgor (taranglik, elastiklik) va terining tonusi yomonlashadi.
- Teri tashqi muhit ta'siridan jabrlanayotganini qanday aniqlash mumkin?
- Buni tashqi koʻrinishidan va his qilish orqali aniqlash mumkin. Teri nozik boʻlib qoladi, notekis dogʻlar, qizarishlar, mahalliy yoki umumiy quruqlik, qichishish va achishish paydo boʻladi.
- Qishda terini kundalik parvarish qilish uchun qanday asosiy tavsiyalar berasiz?
- Asosiy qoida: quruq terini namlash, ta'sirchan terini tinchlantirish. Menga emolent kremlar juda yoqadi. Bu vositalar hamma uchun mos, ammo aknega moyil teri uchun parvarish shifokor tomonidan individual ravishda tanlanishi kerak.
- Qishda terini himoya qilish uchun parvarish kosmetikasida qaysi ingrediyentlar eng samarali?
- Yuqorida aytilganidek, bu emolentlar. Ular tarkibida terini davolaydigan, tiklaydigan va yumshatadigan, shuningdek, namlikni zarur miqdorda saqlaydigan yogʻ komponentlari mavjud.
- Sovuq mavsum boshlanishi bilan odatiy kosmetik vositalarni oʻzgartirish kerakmi?
- Faqat muammo yuzaga kelsa. Muammo paydo boʻlishiga qarab yangi parvarish vositalarini tanlash kerak.
- Terini himoya qilish va uning sogʻlom koʻrinishini saqlashga nima yordam beradi?
- Avvalo, sogʻlom turmush tarzi: sport, muvozanatli ovqatlanish, toʻliq uyqu va kun tartibiga rioya qilish. Ba'zida kosmetolog xizmatlaridan foydalanish mumkin.
- Terini ifloslanishdan tozalash uchun uyda qanday muolajalar qilish mumkin?
- Bir marta kechki yuvinish etarli. Agar teri juda iflos boʻlsa, bu amaliyotni ikki bosqichga boʻlish mumkin: balzam yoki gidrofil yogʻ bilan tozalash, keyin gel yoki koʻpik bilan yuvish. Shuningdek, haftada 1-3 marta enzim pudradan foydalaning. Ertalab gel yoki koʻpik bilan engil tozalash etarli. Terining himoya toʻsigʻini buzmaslik uchun haddan tashqari oshirib yubormaslik muhim.
- Havoning ifloslanishi ta'siridan keyin terini tiklashga yordam beradigan salon muolajalari bormi?
- Ha, albatta. Men faoliyatimda koʻpincha mezo-kokteyllar kabi in'ektsiya amaliyotlaridan foydalanaman. Bu terining holatini yaxshilaydigan va yoshga bogʻliq oʻzgarishlarni bartaraf etadigan preparatlar. Natijalar birinchi amaliyotdan seziladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
2025 yil barcha muchal vakillariga nimalarni bashorat qilmoqda?
Jo Bayden Isroilga 8 milliard dollarlik qurol sotish niyatida ekani aytilmoqda
Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi mamlakat choyini ichishadi?
Kiyevda BMT rossiyaliklar qiynoqqa solingani haqidagi soʻzlar uchun tanqid qilindi
Tadqiqot: kuniga 9 soatdan koʻp uxlash insultga sabab boʻlishi mumkin
Xitoyning birinchi uchuvchi elektrokari namoyish etildi
Mudofaa vazirligi: Rossiya qurolli kuchlari Kuraxovoni nazoratga oldi
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma'lum qilindi