16:38 / 16.03.2025
1 422

Qanday shokolad terining qarishini to‘xtatadi va uni qanday iste’mol qilish kerak?

Qanday shokolad terining qarishini to‘xtatadi va uni qanday iste’mol qilish kerak?
Shirinliklar har doim ham terining salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ayrim desertlar borki, ularni iste’mol qilish orqali aksincha ijobiy natijaga erishish mumkin, deb hisoblaydi biotexnolog Inga Belyayeva.

Uning tushuntirishicha, ayrim turdagi shokoladlarda organizmdagi bir qator fermentlar faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi flavonoidlar guruhi mavjud. Gap flavonollar haqida ketmoqda. Bu o‘simlik moddalari tabiiy shokolad tarkibida uchraydi.

Mutaxassisning «Gazeta.ru»ga bergan intervyusida ta’kidlashicha, flavonollar teriga ultrabinafsha nurlaridan himoya yaratish, ajinlarning paydo bo‘lishini oldini olish va onkologik kasalliklar xavfini kamaytirish qobiliyatiga ega.

Inga Belyayevaning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy shokolad tarkibida temir va kalsiy ko‘p bo‘lib, shuningdek, A, V, S, D, Ye va RR vitaminlari mavjud. Ular teridagi namlikni saqlashga yordam beradi, yuz rangini yaxshilaydi va erta qarishga qarshi kurashadi.

Shu bilan birga, mutaxassis ta’kidlashicha, teri uchun foyda faqat 60% va undan yuqori kakao miqdoriga ega qora shokoladdan olinishi mumkin. Bundan tashqari, bunday mahsulotni me’yoridan ortiq iste’mol qilish mumkin emas, uni faqatgina oz miqdorda yeyish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali