Qadimda bir qishloqda donishmand chol yashagan ekan. U vaqtining asosiy qismini bolalar bilan o‘tkazar, ularni har xil sovg‘alar bilan siylar ekan. Biroq u bolalarga beradigan sovg‘alar juda nozik bo‘lib tezda sinib qolarkan. Bolalar bu sovg‘alarni qanchalik avaylamasin bari bir 2 3 kundan keyin ular albatta sinar ekan. Bolalar bundan qattiq xafa bo‘lib yig‘lashar ekan.
Oradan vaqt o‘tibdi. Donishmandning sovg‘alari esa yanada noziklashibdi. Endi ular qo‘lga olar-olmas sinib ketar ekan. Bundan hayron bo‘lgan ota-onalar donishmandning oldiga kelishibdi.
— Siz bolalarimizga faqat yaxshilikni tilaysiz. Lekin nega ularga omonat sovg‘alar berib xafa qilyapsiz? Ular qanchalik harakat qilishmasin, sizning sovg‘alaringiz sinib ketyapti. Bu esa ularning diliga ozor beryapti,-deyishibdi. O‘yinchoqlar juda ajoyib,lekin bolalar ularni o‘ynay olishmayabdi.
— Oradan vaqtlar o‘tadi. Ular ulg‘ayishadi, — debdi donishmand jilmayib. Kimdir ularga o‘z qalbini ishonib topshiradi. Balki mening bu tarbiya uslubim ularni bebaho sovg‘a — inson qalbi bilan ehtiyotkor bo‘lib muomala qilishga o‘rgatar…..
Saidabonu tarjimasi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...