Mahmud, 28 yosh, Toshkent shahri:
— Dilimdagi bu gaplarni kimgadir aytsammi, yo‘qmi, deya rosa o‘ylandim. Chunki dardim birovga aytgulik emas. Ikki yildan buyon uydagilar meni uylantirish taraddudida. Ochig‘i, o‘zim ham buni istayman. Tengqurlarim, o‘rtoqlarimning ko‘pchiligi oilali, ikkitadan-uchtadan farzandlarning otasi. Hali uylanmaganim uchun oxirgi paytlarda ularning davrasidan o‘zimni tortadigan bo‘lib qoldim. Buning ustiga onam ham gapiraverib, tavbamga tayantirdi:
— Ko‘nglingda birortasi bo‘lsa ayt. Bo‘lmasa, o‘zim so‘rab ham o‘tirmay uylantirib tashlayman.
"Qani o‘sha ko‘nglimdagini ayta olsam... Qani o‘sha dilimdagi bo‘lmasa-yu, ko‘zlarimni chirt yumib siz aytgan qizlardan biriga uylansam", deyman ichimda. Biroq tilimga chiqara olmayman. Buning hammasi ikki yil oldin boshlangan...
Men ishlaydigan idoraga yangi xodima keldi. Buni har galgidek kotibamiz pichirlab etkazdi:
— Narigi bo‘limga bir qiz keldi, bir qiz keldi... Mahmud aka, juda sizga munosib...
— Nega aynan menga? — jiddiyroq bo‘lganim uchun uning gaplari yoqmadi.
— Uylanadigan yoshdasiz. Bir ko‘ring siz...
Hamma bir-bir borib, u bilan ko‘rishib, tanishib keldi. Faqat men indamay ishlab o‘tiraverdim. Kotibaning gapidan keyin borish ham noqulay edi. Vaziyat bo‘lsa tanisharman, dedim. Lekin bu ayganim "vaziyat" bunaqa bo‘lishi etti uxlab tushimga ham kirmagandi. Ertasiga ishxonamizga kelayotib, mendan sal oldinda ketayotgan qiz e’tiborimni tortdi. Nozlanib, ohista qadam tashlashi zavqimni keltirdi. Qarangki, u bizning ishxonaga kirdi va biz bitta liftga chiqdik. Kutilmaganda oltinchi qavatdan ko‘tarilib, ettinchisiga etay deganimizda tok uchdi. Biz qop-qorong‘i liftda qoldik. Tabiiyki, u qo‘rqib ketdi. Darrov telefonimni yorug‘ beradigan tugmasini bosdim.
— Shukr-ey, zimistonda qolib ketdik, deb yuragim yorildi. Darrov ishlab ketarmikan?
— Ha, tez ishlaydi, — dedim tasalli berib.
Afsuski, naq qirq besh daqiqa qolib ketdik. Chiqqach esa unga yanada qiziqsinib qaradim. Juda go‘zal va betakror edi. Keyin ishxonamizga kelgan yangi xodima ekanligini bildim. Beixtiyor uni tinmay kuzatardim. Har kuni har xil libosda, o‘zgacha nafosat bilan kirib kelardi. O‘zim bilmagan holda maftun bo‘ldim. Uning ko‘nglini olishga harakat qilmoqchi bo‘lganimda ishxonadagilar yana dilimni vayron qiladigan gap aytdi: "U kelinchak ekan!"
Shundan buyon oromim yo‘q. Kelinchakni sevib qolganman. Onam ko‘rsatgan qizlar shuning uchun yoqmas...
Maslahat: — Onangiz aytgan qizga uylanishdan boshqa yo‘l yo‘q. Shuni unutmangki, muhabbat bilan qurilgan oilalarning hammasi ham omadli bo‘lavermaydi. Aksincha, ota-ona topgan qiz ko‘pincha ko‘ngildagidek bo‘ladi. Chunki kattalar sizning baxtingiz uchun qizning nasl-nasabini, fe’lini, tarbiyasini surishtiradi. Bilingki, oila faqat sevgidan iborat emas. Oila, bu — katta tarbiya maskani, sizning kelajagingiz, avlodlaringiz davomiyligi. Shunday ekan, bu masalaga jiddiy qarang.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...