Sir emaski, iste’mol qilayotgan har bir taomimiz organizm, xususan, yurak uchun foydali va aksincha, zararli bo‘lishi mumkin. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, shifokor ko‘rigida, ko‘pincha, qanday mahsulotlarni nisbatan ko‘proq iste’mol qilishimiz so‘raladi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki...
Olma
Har kuni hech bo‘lmaganda bitta olma iste’mol qilish yurak qon- tomir tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xastaliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Olma tarkibidagi kletchatka qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishda asqotadi. Agar sizda yurak bilan bog‘liq xastaliklar bo‘lsa, olma pyuresi, sharbati va mevasini doimiy iste’mol qiling.
Yong‘oq
Yong‘oq tarkibida yarim to‘yingan yog‘lar mavjud bo‘lib, qondagi xolesterin miqdorini oshirmaydi. Bu yog‘lar tibbiyotda “foydali yog‘lar” nomi bilan atalib, yurakning “yog‘ bosishi”dan asraydi. Yurak faoliyati bilan bog‘liq muammolar va ularning oldini olishda kuniga 3-4 tadan yong‘oq iste’mol qilish kerak.
Ismaloq
Bu ko‘katni salatga qo‘shib iste’mol qilish yurak qon-tomirlarini quvvatlantirishga ko‘maklashadi. Ismaloq tarkibidagi V9 vitamini yurak uchun foydali bo‘lib, uni taomnomaga muntazam kiritish foydadan xoli bo‘lmaydi.
Qovoq
Tarkibida beta-karotin, kaliy va S vitaminlarining ulkan zaxirasi borligi uchun yurak qon-tomirlarining erta aterosklerozidan himoya qiladi. Shuningdek, qovoq arterial qon bosimini kamaytirishga ham hissa qo‘shadi. Yurak bilan bog‘liq muammolarda qovoqning bug‘da yoki dimlab pishirilgani tavsiya etiladi.
Brokkol
Tarkibida bir necha foydali elementlardan tashqari ko‘p quvvat sarflaydiganlar uchun g‘oyat zarur bo‘lgan Q10 koenzimini jamlagan. Mazkur element organizmni kun davomida quvvat bilan ta’minlaydigan yurak uchun juda foydalidir. Brokkolni xomligicha, shuningdek, bug‘da tayyorlab, iste’mol qilish mumkin.
Anor
Qonning quyilishi muammosiga duch kelganlar anor mevasi yoki sharbatini iste’mol qilishlari lozim. Shu bilan birga anor sharbati yurak qon-tomir faoliyati uchun foydalidir.
Boshoqli va dukkakli o‘simliklar
Nonushta uchun yengil hazm bo‘luvchi manniy va suli yormasidan tayyorlangan sutli bo‘tqalar yurak ishemik xastaliklaridagi muolaja vaqtida parhezga kiritiladi.
Oq va qizil loviya, yasmiq doni (chechevisa) tarkibida yog‘ kislotalari kam bo‘lib, ular kaliy, kletchatka va oqsilga boyligi bilan yurak uchun kerakli ozuqa bo‘la oladi. Qo‘y go‘shti va go‘shtning boshqa yog‘li turlarini mazkur donlardan tayyorlangan taomlarga almashtirish mumkin.
Sarimsoqpiyoz
Qon tomirlaridagi tonusni kamaytirgani bois, yurak xastaliklarida eguliklar bilan birga tanovul qilish tavsiya etiladi. Sarimsoqpiyozni xomligicha iste’mol qilishni yoqtirmasangiz, egulik va taomlarga qo‘shishingiz mumkin.
O‘rmon mevalari
Qorag‘at, malina kabi mevalardan tayyorlangan damlama va choylardagi kaliy moddasi organizmda yig‘ilib qolgan ortiqcha suyuqlikni chiqarishga yordam berib, tana a’zolari (qo‘l va oyoq)dagi shishlarni kamayishtirishga yordam beradi.
Uzum
Qon tomirlari devorini mustahkamlashga ko‘mak beradi va kamqonlik hamda qon ivishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etadi. Yurak uchun foydali bo‘lishini istasangiz, uzumning qora va qizg‘ish turlarini iste’mol qiling.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi