date
views 2 532

ChatGPT orqali orzularingizga erishish mumkin: buni tiktoker o‘z hayotida qo‘lladi

ChatGPT orqali orzularingizga erishish mumkin: buni tiktoker o‘z hayotida qo‘lladi
Hozirgi noaniq va murakkab davrda insonlar o‘z orzularini aniq tasavvur qilishga va ularga erishish yo‘lini topishga harakat qilishmoqda. Shunday vaziyatlarda sun’iy intellekt (AI) yordamiga murojaat qilayotgan odamlar soni kun sayin ko‘payib bormoqda. Bu borada esa ChatGPT chatboti alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Tasavvur qiling: siz ertalab uyg‘onasiz va shaxsiy bog‘ingizda sayr qilasiz, shundan keyin o‘z tennis kortingizda o‘ynaysiz. Keyin esa shaxsiy ofisingizga yo‘l olasiz va jamoangiz bilan uchrashib, navbatdagi loyihalaringizni muhokama qilasiz. Biznesingiz yaxshi ketmoqda va moliyaviy xavfsizligingiz kafolatlangan. Tushlikni shahar tashqarisida o‘tkazib, kechki payt yaqin do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz bilan uchrashasiz. Hamma narsa ajoyib, hayotingiz mukammal darajada chiroyli va tinch... Bu tasvir sizga haqiqatdan ham fantastika kabi ko‘rinyaptimi? Ha, rostdan ham, bu inson xayoli emas, bu tasvirni ChatGPT yordamida tiktoker Germeyn Miller yaratgan.

Germeyn Miller sun’iy intellektga o‘zining kelajakdagi hayoti haqida iloji boricha ko‘proq orzu va maqsadlarini aytib berdi. Shundan so‘ng ChatGPT unga shu qadar aniq, hayotiy va yoqimli bir kunlik ssenariyni yozib berdiki, bloger buni o‘qib, ko‘z yoshlarini tutib tura olmadi:

"Men sog‘lom, boy va baxtli bo‘lishni istayman. Buning uchun o‘zim istagan hayotimni ChatGPT'ga tasvirlab berdim. Bu so‘zlar shu darajada aniq va hissiy chiqdiki, hatto ko‘z yoshlarimni ham to‘xtata olmadim," — deydi Miller o‘z tajribasini bayon qilib.

Aslida, bu holatda Germeyn yolg‘iz emas. So‘nggi paytlarda ChatGPT orqali orzu hayotini tasvirlash trendi butun dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. TikTok ijtimoiy tarmog‘ida #ChatGPTDreamLife xeshtegi bilan bog‘liq bo‘lgan videolarning soni 9 milliondan oshib ketdi. Odamlar o‘zlari orzu qilgan hayotdagi bir kunni AI orqali yozib berishni so‘rab, bundan ruhlanishmoqda va o‘zlarini yanada yaxshi his qilishmoqda.

AI orqali yaratilgan ssenariylar turlicha: kimdir okean sohilida o‘tirib, ishlaydigan ideal hayot haqida tasvirlar yaratsa, boshqa birov dunyo bo‘ylab cheklovsiz sayohat qilib yurgani yoki sog‘lig‘i mukammal holatga kelgani haqida tasvirlarni buyurtma qilmoqda.

Bunday ssenariylarni yaratish uchun formula juda oddiy. Siz ChatGPT chatbotiga o‘zingizning barcha orzu, maqsad va xohishlaringizni bayon etasiz, u esa siz uchun shu maqsadlar asosida "ideal hayotingizning" bir kunini yozib beradi. Bu esa insonlarda xayol, motivatsiya va ruhiy tetiklik uyg‘otib, maqsadlarga yetishish uchun kuchli ilhom manbasiga aylanmoqda.

Biroq, bu trend ortida savollar ham yo‘q emas. Hayotingizni aniq va mukammal darajada tasvirlashga qodir bo‘lgan sun’iy intellekt orqali yaratilgan "orzular" insonlarni haqiqiy hayotga yaqinlashtiradimi yoki, aksincha, ularni reallikdan uzoqlashtiradimi? ChatGPT orqali o‘zingizning ideal hayotingizni tasvirlash bilan orzularingizga yaqinlashishingiz mumkin, lekin bu bilan aslida nimani yutqazib qo‘yishingiz ham mumkin ekanini unutmaslik zarur.

Shunday qilib, orzularingizni AI orqali hayotingizga kiritish oson bo‘lsa-da, unga erishish uchun insonning o‘z harakati, fidoyiligi va motivatsiyasi ham talab qilinadi. Shunday ekan, siz uchun muhim bo‘lgan narsani so‘rab ko‘rishga jur’at qilasizmi? Mabodo, ChatGPT orzularingizni amalga oshirish uchun birinchi qadam bo‘lib qolsachi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » ChatGPT orqali orzularingizga erishish mumkin: buni tiktoker o‘z hayotida qo‘lladi