
Entomolog Marina Krivosheyina chivin chaqishidan qanday himoyalanish va chaqqandan keyin nima qilish kerakligini aytib berdi. Uning tavsiyalari aif.ru portali orqali Mail.ru tomonidan yoritilgan.
Unga ko‘ra, eng samarali himoya vositasi bu — tanani to‘liq yopadigan maxsus antimoskit kiyimlaridir. Odatdagi kiyim ham ma’lum darajada yordam beradi, biroq bo‘sh joylar (yoqa, yeng, shim etaklari) himoyasiz bo‘lib qoladi va hasharotlar teriga yetib borishi mumkin.
Krivosheyina ta’kidlashicha, hasharotlarni qaytaruvchi vositalar — repellentlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriga emas, balki kiyimga surtilishi kerak. Bu nafaqat kimyoviy moddalarning tana bilan bevosita aloqasidan saqlaydi, balki vositaning samaradorligini oshiradi: chivinlar kiyimdagi hidni yaxshiroq sezadi.
Chaqishdan so‘ng paydo bo‘ladigan qichishish va qizarishni kamaytirish uchun dimetinden moddasi mavjud bo‘lgan maz va gellar tavsiya etiladi. Og‘ir holatlarda gormonal dorilar yoki antigistamin (allergiyaga qarshi) vositalarni qabul qilish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar