22:56 / 02.12.2016
6 703

Yoqtirgan tamaddingizni ayting, biz fe’lingizdan xabar beramiz!

Yoqtirgan tamaddingizni ayting, biz fe’lingizdan xabar beramiz!

PISTA ChAQASIZMI?

Sizga «pashshadan fil yasash» iborasi to‘g‘ri keladi. Chunki kichik muammolarni ham kattalashtirib yuboradigan odatingiz bor. Ustiga-ustak vahimachisiz. Jahlingizni jilovlashni o‘rgansangiz, asabingiz ham taranglashmaydi.


YoNG‘OQLARNI YoQTIRASIZMI?

Ko‘zlagan maqsadingiz yo‘lida har qanday to‘siqni engib o‘ta olasiz. Ammo ba’zi paytlari qat’iyatsizlik kayfiyati yuzaga keladi. Rejalaringizni aniqlashtirib, so‘ng amalga oshirishga kirishsangiz, marra sizniki!


ChIPS, TUZLI PEChENELAR

Juda g‘ayratlisiz. Bir sutkalik uyqungizdan voz kechasiz-u, ammo zimmangizga yuklatilgan vazifani aytilgan muddatda bajarasiz. Shuning uchun ham atrofingizdagilarning ishonchini qozongansiz. Hammasi yaxshiku-ya, biroq sog‘ligingizni ham unutib qo‘ymang-da.


ShIRINLIKLARGA NIMA DEYSIZ?

Kirishimli insonsiz. Notanish davralarda ham o‘zingiz uchun suhbatdosh topa olasiz. Tashqi taraflama muloyim ko‘ringaningiz bilan aslingizni bilib bo‘lmaydi. Shu bois ham goho atrofingizdagilarni esankiratib qo‘yasiz.


YOGURTLAR DENG....

O‘z nuqtai nazaridan boshqasi bilan hisoblashmaydiganlar toifasidansiz. Fe’lingizdagi o‘jarlik o‘zingizga ham pand beradi. Ammo uni tan olishni istamaysiz. «Otdan tushsa ham egardan tushmaydi» qabilida ish tutmang-da, o‘z ustingizda izlaning.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yoqtirgan tamaddingizni ayting, biz fe’lingizdan xabar beramiz!