Olimlar internet orqali hid yuborish texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi

Endi internet orqali nafaqat rasm, video va ovoz, balki hidlarni ham uzatish mumkin bo‘lishi mumkin. Olimlar hidlarni raqamli ma’lumotga aylantirib, boshqa qurilmada qayta hosil qilishga mo‘ljallangan Scentronic tizimini sinovdan o‘tkazdi.
Ushbu texnologiya hid haqidagi ma’lumotlarni raqamli shaklda uzatish va qabul qiluvchi qurilma orqali uni qayta yaratish imkonini beradi. Bu esa kelajakda internet orqali muayyan hidlarni his qilish imkoniyatini yaratishi mumkin.
Agar texnologiya takomillashtirilib, amaliyotga tatbiq etilsa, u virtual sayohatlar, onlayn savdo va raqamli ko‘ngilochar xizmatlarda qo‘llanilishi mumkin. Masalan, internet orqali gul yoki taom tasvirini ko‘rish bilan birga, ularning hidini ham sezish imkoni paydo bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Biroq texnologiyaning keng ommalashishi uchun uning imkoniyatlari va amaliy qo‘llanilishi yanada chuqur o‘rganilishi kerak.






























Izohlar 0
…