
So‘nggi yillarda texnologik yutuqlari bilan tanilgan Pavel Durov ko‘pchilik uchun qiziqarli shaxs bo‘lib qolmoqda. Telegram messenjerining asoschisi sifatida u texnologiya, xavfsizlik va shaxsiy erkinlik masalalarida mustaqil pozitsiyaga ega. Ammo uning muvaffaqiyat sirlari faqat texnik bilimlargina emas — balki shaxsiy hayotidagi tanlovlari va ishga yondashuvi ham muhim o‘rin tutadi.
1. Sog‘lom turmush tarzi:
Durovning o‘ziga xos hayotiy tamoyillaridan biri — barcha turdagi giyohvandlik keltiruvchi moddalarni butunlay rad etish. U spirtli ichimliklar, tamaki, kofein, dorilar va noqonuniy moddalarni hayotidan butunlay chiqarib tashlagan. Unga ko‘ra, qisqa muddatli zavqlar insonning uzoq muddatli salomatligi va ruhiy barqarorligiga xavf tug‘diradi Bu yondashuv unga aqliy tiniqlik va kuchli ish unumini saqlashga yordam bergani aytiladi.
2. Matematik fikrlash:
Durov yosh avlodga aynan matematikaga e’tibor qaratishni maslahat beradi. Unga ko‘ra, matematika insonni mantiqiy fikrlashga, muammolarni strukturaviy tahlil qilishga va yechimlarni bosqichma-bosqich topishga o‘rgatadi. Bu esa, o‘z navbatida, kompaniya tuzish, loyihalarni boshqarish va murakkab tizimlarni yaratishda asosiy kompetensiyalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, dasturlash, muhandislik yoki loyiha boshqaruvi kabi sohalarda matematik tafakkur juda foydali.
3. Intizom va samaradorlik:
Durov muvaffaqiyatga erishishda ichki intizom va vaqtdan to‘g‘ri foydalanishni muhim omil deb biladi. Uning fikricha, inson o‘z ustida ishlashni to‘xtatmasa, tashqi muhitdan qat’i nazar, rivojlanishda davom etadi. Bu qarash ko‘plab tadbirkorlar va ijodkorlar tajribasida ham o‘z tasdig‘ini topgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar