date

Kechirmaslik himoya emas, o‘zingizga o‘zingiz bergan jazodir!

Kechirmaslik himoya emas, o‘zingizga o‘zingiz bergan jazodir!
Ichingizni kemirayotgan og‘riqni ushlab turish — g‘alaba emas. Bu hayotda oldinga yurish emas, balki og‘riq bilan yashashni tanlashdir. Kechirmaslikni “o‘zimni himoya qilayapman” deb baholashingiz mumkin. Chunki sizga zarar yetkazgan insonga ishonchsizlik qilish tabiiy. Lekin shu orqali aynan o‘zingizni erkinlikdan mahrum qilayotganingizni his qilish oson emas.

Bu og‘riq sizga yetishmayotgan adolat hissi, himoyaga muhtoj qalbingiz, yoki yurakdagi haqorat sababli paydo bo‘lgan. Va siz uni ketkazmasdan saqlab turasiz. Ammo shu bilan birga, uni tan olib, faqat kechirish orqali yechimga olib kelishi mumkinligini anglash ham muhim.

Kechirish – nimadandir voz kechish emas. Bu kimnidir oqlash ham emas. U sizga og‘riq yetkazgan inson “to‘g‘ri yo‘lda bo‘lgan” degani emas. Kechirish, birinchi navbatda, o‘zingizga eng katta sovg‘a — tinchlikni berish demakdir.

Keling, kechirish haqidagi keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalarni ko‘rib chiqaylik:

1. Kechirish uni “haq” deb qabul qilish emas. Siz kimnidir kechirganingiz – u qilgan ishini to‘g‘ri deb qabul qildingiz degani emas. Siz adolatsizlikni qabul qilmayapsiz, siz og‘riqni ichingizda saqlamaslikni tanlayapsiz.

2. Kechirish unga emas, sizga sovg‘a. U inson o‘z yo‘lida ketaveradi. Ammo kechirmaslik sizning yuragiingizda og‘riq va g‘azabni saqlab qoladi. Shu og‘riq bilan uyg‘onish, tunda uxlay olmaslik, hayotga ishonchsiz qarash — bularning barchasi o‘zingizga zarar.

3. Kechirish kuchsizlik emas. Aksincha, bu juda katta ichki kuchni talab qiladi. Kuchsiz inson g‘azabdan qutula olmaydi. Kuchli odam esa og‘riqni tan olib, uni qabul qiladi va ketkazadi.

4. Kechirish — bu bloklarni yechish. Ruhiyatimizda to‘plangan har bir e’tiroz, har bir yurakda qolgan alam — bu ichki bloklardir. Ular hayotingizni to‘g‘ri yo‘nalishda olib borishga to‘sqinlik qiladi.

Nazarni o‘zgartirish — kechirishning birinchi va muhim qadami. Agar vaziyatga “menga nimani o‘rgatdi?”, “men bu orqali nimani angladim?” degan nuqtayi nazardan qarasangiz, kechirish osonlashadi.

Shu bilan birga, kechirish sizga ikkinchi imkoniyatni ham olib keladi. U sizni yengillik sari olib boradi. U o‘zingizni erkin, toza, yengil his qilishingiz uchun eshik ochadi.

Xulosa qilib aytganda, kechirmaslik bilan yashash — bu o‘tmishda qul bo‘lib qolish demakdir. Kechirish esa erkinlikni tanlashdir. Va bu tanlov har kuni, har daqiqa, har bir hisda qaytariladigan jarayon. Agar kechira olsangiz — siz yangidan nafas olgan, qalbingizda bag‘rikenglik urug‘ini ekkan insonsiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Kechirmaslik himoya emas, o‘zingizga o‘zingiz bergan jazodir!