
TikTok’da mashhurlikka erishgan Labubu qo‘g‘irchoqlari atrofida firibgarlar faol harakatga o‘tdi. London yaqinidagi sanoat zonasida minglab soxta qo‘g‘irchoqlar musodara qilindi. Ular sifatsiz va xavfli materiallardan tayyorlangan bo‘lib, bolalar uchun bo‘g‘ilish xavfini tug‘dirmoqda.
Labubu brendi egasi Pop Mart kompaniyasi o‘tgan yili daromadini ikki baravar oshirib, 1,8 milliard dollar daromad qilgan. Bu mashhurlik firibgarlarni ham jalb qildi — ular asl mahsulotlarni ommaviy sotib olib, qayta qimmat narxda sotmoqda yoki sifatsiz soxtalarini tarqatmoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, soxta qo‘g‘irchoqlarning aksariyati Xitoy, Gonkong va Turkiyadan kirib kelmoqda. Ba'zilari zaharli plastmassa va yelimlardan yasalgan bo‘lib, qismlari tezda ajralib ketadi. Ayrim hollarda bu qismlar bolalarning og‘ziga tushib, xavf tug‘dirgan.
Mutaxassislar iste’molchilarga ehtiyotkor bo‘lishni, juda arzon narxlardagi mahsulotlardan shubhalanishni tavsiya etmoqda. Soxta mahsulotlar odatda sifatsiz qadoqlangan, yorliqlarda imloviy xatolar bo‘ladi.
Huquq-tartibot organlari hozirda musodara qilingan qo‘g‘irchoqlarni dalil sifatida saqlamoqda va ularni yo‘q qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar