Zamonaviy hayotda telefonni yotish oldidan tekshirish odatga aylangan. Ammo tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu odat inson miyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, smartfonlar ekrani tarqatayotgan ko‘k nur uyqu uchun mas’ul melatonin gormonining ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Bu esa uyquni kechikishiga va chuqur uyqu fazalari kamayishiga olib keladi. Natijada miya dam ololmaydi, ma’lumotni qayta ishlash qobiliyati pasayadi, kun davomida e’tibor va xotira muammolari kuzatiladi.
Ko‘pincha uyqu oldidan ijtimoiy tarmoqlar, video yoki xabarlar o‘qish miyani ortiqcha uyg‘otadi. Bu esda qolish, fikrlash, his-tuyg‘ularni boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan tuzilmalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mutaxassislar yotishdan kamida 30 daqiqa oldin smartfon va ekranli qurilmalarni yopishni tavsiya qilishadi. Bu vaqt mobaynida kitob o‘qish, yengil musiqa yoki nafas mashqlari orqali miyani oromga tayyorlash mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!