date

Toksik do‘stlar DNKni yemiradi: o‘zingizni himoya qiling!

Toksik do‘stlar DNKni yemiradi: o‘zingizni himoya qiling!

Nyu-York universiteti olimlari aniqlashicha, toksik do‘stlar nafaqat kayfiyatga, balki inson organizmi qarishiga ham ta’sir qiladi. Bunday munosabatlar DNKga sigaret chekishga teng darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mishel Elman — jurnalist va layf-kouch — o‘z kuzatuvlariga tayangan holda toksik odamlarni tanishga yordam beradigan aniq belgilarni keltiradi.

1. Uchrashuvdan so‘ng charchoq: Agar do‘stingiz bilan uchrashuvdan keyin o‘zingizni jismonan yoki ruhan xasta his qilsangiz – bu jiddiy signal. Yaxshi do‘stlar quvvat beradi, energiyani so‘rib olmaydi.

2. Passiv agressiya va hazil ortidagi haqoratlar: Agar siz uning so‘zlaridan so‘ng tashqi ko‘rinishingiz, shaxsiy hayotingiz yoki yutuqlaringiz haqida shubhaga tusha boshlasangiz, ehtiyot bo‘ling.

3. Statusga munosabat: Kimdir doim sizning oilaviy holatingiz bilan hazil qilsa, u odam shunchaki o‘zini yuqori qo‘yish uchun sizdan foydalanyapti.

4. Qiziqish yo‘qolishi va manfaatga qaytish: Yangi juft topgan paytda u g‘oyib bo‘lib, ajrashganingizda qaytib kelayotgan bo‘lsa — bu haqiqiy do‘stlik emas.

5. Boshqalar haqida gapirish uslubi: Agar do‘stingiz siz bilan boshqalarni yomonlayotgan bo‘lsa, ishonch hosil qiling – bir kuni u boshqalar bilan ham siz haqingizda xuddi shunday gapiradi.

6. Faqat siz harakat qilyapsiz: Agar barcha muloqot, vaqt va e’tibor faqat siz tomondan kelayotgan bo‘lsa, do‘stlik bir tomonlama bo‘lishi mumkin.

7. O‘zingizni ham kuzating: Elmanning o‘zi aytganidek, ba’zida muammo o‘zimizda ham bo‘lishi mumkin. Atrofdagilarga qarshi shikoyat qilishdan oldin o‘z xatolarimizga ham nazar tashlash zarur.

Bu belgilar orqali do‘stlikdagi toksik muhitni barvaqt anglash mumkin. Bunday odamlardan uzoqlashish – nafaqat sog‘lig‘ingiz, balki shaxsiy qadr-qimmatingiz uchun ham muhim.




Manba: Peopletalk
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Toksik do‘stlar DNKni yemiradi: o‘zingizni himoya qiling!