date

30 daqiqa tabiatda yurish depressiyani yengillashtiradi

30 daqiqa tabiatda yurish depressiyani yengillashtiradi

Bugungi kunda ruhiy salomatlik muammolari, ayniqsa, depressiya butun dunyoda tez sur’atlarda o‘sib bormoqda. Stress, yolg‘izlik, ortiqcha ish va turmush bosimi – bularning barchasi insonning ruhiy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Olib borilgan so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, tabiat bag‘rida 30 daqiqa mobaynida yurish insonning kayfiyatini yaxshilaydi, asab tizimini tinchlantiradi va depressiya belgilarini kamaytiradi. Har kuni kamida yarim soatlik tabiiy muhitdagi piyoda sayr – bu qimmatbaho dorilarsiz yoki murakkab usullarsiz ruhiy salomatlikni mustahkamlashga yordam beradi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu jarayonda miya “dofamin” va “serotonin” deb nomlangan “baht gormonlari”ni ishlab chiqaradi. Quyosh nurlari, tabiiy havo va yashil manzara miya faoliyatini tiklaydi, stressni kamaytiradi va uyquni yaxshilaydi.

Shu sabab, mutaxassislar har kuni park, bog‘, yoki hatto mahallangizdagi yashil hududlar bo‘ylab sayr qilishni tavsiya etmoqda. Sog‘lom miya – sog‘lom hayotning asosidir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » 30 daqiqa tabiatda yurish depressiyani yengillashtiradi