date

O‘zini o‘ylash — egoizm emas, ruhiy salomatlik garovi

O‘zini o‘ylash — egoizm emas, ruhiy salomatlik garovi
Ko‘pchilik o‘z manfaatini o‘ylashni egoizm deb hisoblaydi. Jamiyat fidoyilik va o‘zini qurbon qilishni ideal sifatida ko‘rsatadi. Biroq psixologlar bunday yondashuv har doim ham sog‘lom emasligini ta’kidlaydi.

Mutaxassislar fikricha, odamning o‘z chegaralarini belgilashi, dam olishga vaqt ajratishi va “yo‘q” deyishni o‘rganishi — ruhiy barqarorlikning asosi hisoblanadi. Doimiy ravishda boshqalarga moslashish esa charchoq, ichki norozilik va depressiyaga olib kelishi mumkin.

Georgetown universiteti tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, boshqalarga yordam berish miyaning empatiya bilan bog‘liq qismlarini faollashtiradi. Biroq bu jarayon faqat inson o‘zini ham asrasa, ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, o‘zini o‘ylash hayot sifatini oshiradi — odam o‘zini tinglay boshlasa, qayerda ishlash, kim bilan muloqot qilish va qanday yashashni ongli ravishda tanlaydi. Bu esa shaxsiy o‘sishga, ijodiy kuchning ortishiga va yanada mazmunli hayot kechirishga yordam beradi.

O‘zini o‘ylash — bu o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish emas, balki sog‘lom va baxtli bo‘lish orqali ular bilan yaxshiroq munosabat qurish imkonidir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » O‘zini o‘ylash — egoizm emas, ruhiy salomatlik garovi